Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 34647 marta o'qildi

Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar professional ta’lim muassasalari toifasiga kiradi.

Kollej — Xalqaro tasniflagichning 4-darajasigacha mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat ko‘rsatadigan ta’lim muassasalari.

Texnikum — Xalqaro tasniflagichning 5-darajasigacha mos keluvchi va oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan hamda oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari.

Davlat professional ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Professional ta’lim muassasalarining namunaviy tuzilmalari bo‘ysunuvidagi vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.

Professional ta’lim muassasalari hududlarning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va geografik sharoitlarini, mehnat bozorining tegishli soha mutaxassislariga bo‘lgan talabini, manfaatdor vazirliklar va idoralarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji hamda oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni hisobga olgan holda tashkil etiladi. 

Boshqa joylardan kelgan o‘quvchilarga, imkoniyatga qarab, professional ta’lim muassasalari uchun yotoqxonalar tashkil etiladi.

  •  Professional ta’lim muassasalarida qoidaga ko‘ra guruhlarni to‘ldirish kamida  12 nafar va eng ko‘pi bilan 30 nafar o‘quvchilar doirasida belgilanadi.

Boshlang‘ich professional ta’lim muassasalari
  • Kasb-hunar maktablariga Uzbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.
  • Professional ta’lim muassasasiga o‘qishga o‘quvchilar direktorning buyrug‘i bilan qabul qilinadi.
  • Boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi ta’lim muassasalarida o‘quv yili 2 sentyabrdan boshlanadi va tasdiqlangan o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq yakunlanadi. 
  • Boshlang‘ich professional ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan va davlat namunasidagi diplom olgan bitiruvchilar mazkur diplom asosida oliy ta’lim muassasalarida ta’limni davom ettirish uchun hujjat topshirishlari mumkin.

O‘rta professional ta’lim muassasalari

O‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlash asosan vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat ko‘rsatadigan kollejlarda amalga oshiriladi va ular tegishli ravishda vazirliklar va idoralarning idoraviy bo‘ysunuvida bo‘ladi.

Vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat ko‘rsatadigan professional ta’lim muassasasiga o‘qishga o‘quvchilar direktorning buyrug‘i bilan qabul qilinadi.

O‘rta professional ta’lim dasturlarida o‘quvchilar to‘lov-kontrakt yoki davlat buyurtmasi bo‘yicha davlat granti asosida ta’lim olishlari mumkin.

O‘qishning normativ muddati 2 yilgacha bo‘lgani holda o‘quv jarayoni 22 — 94 hafta davom etishi zarur.

Sirtqi va kechki ta’lim shakllarining o‘qitish davomiyligi kunduzgi ta’lim shaklidagi muddatlardan farqlanishi mumkin.

O‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari

O‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlash asosan oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat ko‘rsatuvchi texnikumlarda amalga oshiriladi va ular tegishli ravishda oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar va idoralarning idoraviy bo‘ysunuvida bo‘ladi. 

O‘rta maxsus professional ta’lim dasturlarida o‘quvchilar to‘lov-kontrakt yoki davlat buyurtmasi bo‘yicha davlat grantlari asosida ta’lim olishlari mumkin.

O‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni qoidaga ko‘ra 2 sentyabrda boshlanadi va tasdiqlangan o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq yakunlanadi.

O‘qishning normativ muddati 2 yildan kam bo‘lmagani holda o‘quv jarayoni kamida 94 hafta davom etishi zarur.

Kam ta’minlangan oilalardan o‘quvchilar kollejlar va texnikumlarda ta’lim olishlari, belgilangan tartibda bepul amalga oshiriladi. 

Chat