Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 84923 marta o'qildi

Universitetning asosiy vazifalari

Jamoat xavfsizligi universiteti jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasi uchun professional kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Uning asosiy vazifalari:

— Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari, Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar uchun kadrlar tayyorlash;

— tinglovchilarning jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish;

— huquqiy madaniyat, vatanparvarlik va kasbiy axloqni shakllantirish;

— amaliyot bilan uzviy bog‘langan zamonaviy ta’limni tashkil etish;

— jamoat xavfsizligi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;

— kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat.

Bakalavriat va magistratura

Universitetda bakalavriat va magistraturadan iborat ikki bosqichli oliy ta’lim tizimi amal qiladi.

Bakalavriatda o‘qish:

— kunduzgi;

— sirtqi shaklda tashkil etiladi.

Magistratura 1 yillik bo‘lib, asosan amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan.

Sirtqi ta’lim

Sirtqi ta’lim, birinchi navbatda, Milliy gvardiyada kamida 3 yillik harbiy xizmat yoki xizmat stajiga ega amaldagi harbiy xizmatchilar va xodimlar uchun mo‘ljallangan.

O‘qish muddati:

— oliy ma’lumoti bo‘lmaganlar uchun — 4 yil;

— oliy ma’lumotga ega shaxslar uchun to‘lov-kontrakt asosida — 3 yil.

Shuningdek, Xavfsizlik kengashi kotibiyati tomonidan har yili belgilanadigan qo‘shimcha kvota asosida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Qurolli Kuchlarda kamida 3 yil xizmat stajiga ega xodimlar ham sirtqi ta’limga kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.

Qabul kvotasi va tanlov

Universitetga qabul Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ehtiyojidan kelib chiqib, tanlov va belgilangan kvota asosida amalga oshiriladi.

Bakalavriat bo‘yicha yillik qabul kvotasi:

— kunduzgi ta’limga — 300 nafargacha kursant;

— sirtqi ta’limga — 100 nafargacha tinglovchi.

Ta’lim oluvchilarga belgilangan tartibda stipendiya yoki pul ta’minoti hamda tegishli moddiy ta’minot beriladi.

Kursant — harbiy yoki maxsus oliy ta’lim muassasasining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan shaxs.

Bitiruvchilar va xizmat

Kursantlar bitiruv bosqichida kelgusida xizmat o‘taydigan tuzilmalar bo‘yicha taqsimlanadi. Ularning yakuniy stajirovkasi ham keyinchalik xizmat o‘tashi rejalashtirilgan bo‘linmalarda tashkil etiladi.

2026-yildan Jamoat xavfsizligi universiteti magistraturasini tamomlaganlik diplomi harbiy xizmatni o‘tashda:

— Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining ikki yillik magistraturasi;

— Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining ikkinchi darajadagi magistraturasi;

— xorijiy harbiy akademiyalarning tegishli diplomlariga tenglashtirilgan.

Chat