Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin. Ma’lumotnoma Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.
Ariza beruvchi faqat o‘ziga tegishli avtotransport vositalari haqida ma’lumot olishi mumkin.
Shu sababli boshqa shaxsga tegishli avtomobilь bo‘yicha ushbu xizmat orqali to‘liq ma’lumotnoma berilmaydi.
Jismoniy shaxs bo‘yicha:
Yuridik shaxs bo‘yicha:
Ariza beruvchi ma’lumotnoma tilini — o‘zbek yoki rus tilini tanlaydi. Shaxs va transport vositasiga doir ma’lumotlarning asosiy qismi axborot tizimlaridan avtomatik ravishda olinadi.
Ma’lumotnomada transport vositasining:
Xizmat bepul ko‘rsatiladi. Ma’lumotnoma elektron axborot tizimida real vaqt rejimida shakllantiriladi va ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ma’lumotnoma axborot tizimlarida mavjud ma’lumotlar asosida shakllanadi. Noto‘g‘ri ma’lumot aniqlansa, uni kiritgan vakolatli organga tuzatish kiritish uchun murojaat qilish lozim.