Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9851 marta o'qildi

1. Saylov uchastka raisi, o‘rinbosari va kotibiga haq to‘lanadimi?

Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnomaga muvofiq holda to‘lanadi.

2. Saylov uchastkalari saylovchilardan pasport ma’lumotlarini olishga haqlimi?

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 27-28-moddalari talabiga ko‘ra saylov komissiyalari tomonidan saylovchilar ro‘yxatiga har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi manziliga oid ma’lumotlar kiritilishi belgilangan.

3. Saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldira olmaydigan shaxs nima qiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 55-moddasi talabiga ko‘ra, saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.

4. Saylov byulleteni buzib qo‘yilsa nima bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 55-moddasi muvofiq Ovoz berish jarayonida extiyotsizlik tufayli buzib qo‘yilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga ko‘ra almashtirib berilishi mumkin.

5. O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida saylov uchastkalari tashkil etiladimi?

O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi hamda Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 22 oktyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risida"gi qarori talablariga muvofiq tashkil etiladi.

6. Ko‘zi ojizlar uchun alohida byulletenlar joriy qilinadimi?

Markaziy saylov komissiyasi bilan O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati o‘rtasida imzolangan hamkorlik Kelishuviga muvofiq ko‘zi ojiz saylovchilar ro‘yxatdan o‘tgan okrug saylov komissiyalari dislokasiyasi aniqlanib, ulardagi saylov uchastkalarida saylovchilar Brayl yozuvida tayyorlangan trafaretlar yordamida ovoz berishi ta’minlanadi.

7. Saylov kuni qaerda ovoz berish amalga oshiriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 27-moddasiga binoan saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi. Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.

8. Foydalanilmagan saylov byulletenlari nima qilinadi?

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 58-moddasi talabiga ko‘ra, foydalanilmagan va buzilgan saylov byulletenlari sanab chiqilib, bekor qilinadi, bu haqda yakuniy bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.

Chat