Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 112426 marta o'qildi

Janubiy Koreyaga ishlagani borish uchun O‘zbekiston fuqarolari mehnat vizasini olishlari kerak. Vizani Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasida olishingiz mumkin.

  • H-2- ko‘p martalik tashrif buyuruvchi vizasi bo‘lib, u bilan chet el fuqarosi mamlakatda 3 yil ishlashi mumkin. Siz ushbu vizada mamlakatda 4 yil 10 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga qolishingiz mumkin.
  • H-2 vizasida siz nafaqat malakali ish bilan, balki qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va ishlab chiqarishda mehnat bilan shug‘ullanishingiz mumkin. To‘g‘ri, buning uchun siz mahalliy Immigrattsiya xizmati tomonidan tashgkil etilgan maxsusu treningdan o‘tishingiz kerak. 

N-2 vizalarining quydagi toifalari mavjud
  • H21 – Janubiy Koreyada yashovchi shaxslarning qarindoshlari uchun (to‘lanadigan ish huquqi bilan);
  • H22 – o‘qish uchun, keyinchalik ishga joylashish bilan;
  • H23 – mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etganlar uchun, ish topish imkonini beradi;
  • H24 – amaliyot o‘tayotgan shaxslar uchun, ishga joylashish imkonini beradi;
  • H25 – hukumat tomonidan belgilangan kvota bo‘yicha ishlash huquqi bilan ishga kirish;
  • H25 – maqomi o‘zgargan chet elliklar uchun siz ishlashingiz mumkin;
  • H-299 – boshqa holatlar.

H2 vizasiga murojaat qilish uchun kerak bo‘ladigan xujjatlar
  • to‘ldirilgan ariza;
  • fotosurat (pasport kabi);
  • viza uchun davlat bojini to‘lash;
  • tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma;
  • xorijga chiqish pasporti

Bundan tashqari, sizga oilaviy aloqalarni yoki Janubiy Koreya oldida maxsus yutuqlarni tasdiqlovchi xujjatlar kerak bo‘lishi mumkin. 

  • Koreyada ishlash uchun ma’lumot.
  • Viza olish xaqida ma’lumot.
  • Janubiy Koreya haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun bu erni bosing.

Ma’lumot uchun.

Chat