Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9639 marta o'qildi

Apostilь — rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan, Konventsiyaga muvofiq rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qo‘yiladigan maxsus shtamp.

  • apostilь qo‘yish — rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan rasmiy tartib-taomil.
  • vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konventsiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabrь) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2011-yil 5-iyuldagi PQ-1566-son qaroriga muvofiq apostilь qo‘yish vakolati berilgan davlat organi;
  • «yulduzcha» — rasmiy hujjat varaqlari mahkamlanadigan joyga yopishtiriladigan va apostilni qo‘ygan vakolatli davlat organining gerbli muhri bosiladigan qalin qog‘oz;
  • «E-App» dasturi — rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda rasmiy hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan, Konventsiyaga muvofiq rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qo‘yiladigan maxsus shtamp generatsiya qiladigan dastur;
  • «E-register» dasturi — vakolatli davlat organi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida «E-App» dasturi orqali qo‘yiladigan maxsus shtampni generatsiya qilish va ushbu shtampga o‘zgartirishlar kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarini o‘zida jamlovchi elektron reestr dasturi.

O‘zbekiston Respublikasida apostilь qo‘yish vakolatiga ega bo‘lgan organlar
  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari — tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
  2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi — sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
  3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi — prokuratura, tergov va surishtiruv hamda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi — ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga;
  5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — boshqa barcha rasmiy hujjatlarga.

So‘rovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

  • Apostilь:
  1. chet elda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;
  2. tijorat yoki bojxona operatsiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lgan rasmiy hujjatlarga;
  3. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga qo‘yilmaydi.

So‘rovnomani ko‘rib chiqish uchun yig‘im
  • ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida;
  • adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida;
  • boshqa hujjatlar bo‘yicha — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Murojaat etuvchi rasman murojaat etganidan so‘ng to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.

Quyidagi hollarda apostilь qo‘yish rad etiladi
  1. rasmiy hujjatda ushbu Reglamentning 15-bandiga muvofiq zarur rekvizitlarning hech bo‘lmaganda biri mavjud bo‘lmasa yoki mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr, shtamplarning haqiqiy emasligi aniqlansa;
  2. rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxs uni imzolash vakolatiga ega bo‘lmasa.

  • Vakolatli davlat organi tomonidan apostilь qo‘yish rad etilgan taqdirda, ushbu Reglamentga muvofiq rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma rad etish sabablari va murojaat etuvchi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun rasmiy hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat (30 kalendarь kun) ko‘rsatilgan holda murojaat etuvchiga (uning vakiliga) taqdim etiladi.
  • Vakolatli organ xodimi shu kunning o‘zida murojaat etuvchiga rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma haqida telefon yoki «SMS-xabar» orqali xabar beradi.

Elektron tarzda apostilь qo‘yish tartibi
  • Murojaat etuvchi davlat xizmati olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda elektron tarzda murojaat etadi.
  • Davlat xizmatlari markazi xodimi murojaat etuvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat etganda murojaat etuvchi o‘zining shaxsiy kabineti orqali vakolatli davlat organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga — ushbu Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq elektron shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi.
  • So‘rovnomaga xorijiy davlat — Konventsiya qatnashchisi hududida foydalaniladigan rasmiy hujjat yoki rasmiy bo‘lmagan hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi.
  • Murojaat etuvchi tomonidan so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi. Uning YaIDXPdan muvaffaqiyatli avtorizatsiyadan o‘tgani so‘rovnomani o‘zi shaxsan yuborganini bildiradi.
  • O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, so‘rovnoma identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlanishi mumkin.
  • Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan barcha rasmiy hujjatlar skaner qilinadi va 10 daqiqa mobaynida PDF shaklida idoralararo elektron hamkorlik tizimi yordamida vakolatli davlat organiga yuboriladi.
  • So‘rovnomani ko‘rib chiqish uchun murojaat etuvchidan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Apostilь qo‘yish masalalari bo‘yicha maslahatlar (ma’lumotnomalar) berish

Maslahatlar quyidagi masalalar bo‘yicha beriladi:

  • vakolatli davlat organlari, shu jumladan ular joylashgan er to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • apostilь qo‘yiladigan rasmiy hujjatlarning turlari va xususiyati to‘g‘risida;
  • apostilь qo‘yish uchun taqdim etiladigan rasmiy hujjatlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida;
  • apostilь qo‘yilganligi uchun yig‘im miqdori to‘g‘risida;
  • hujjatlarni qabul qilish va berish vaqti to‘g‘risida;
  • apostilь qo‘yish muddatlari to‘g‘risida;
  • apostilь qo‘yish davomida amalga oshiriladigan harakatlar (harakatsizlik) va qabul qilinadigan qarorlar ustidan shikoyat qilish tartibi to‘g‘risida;
  • Konventsiya qatnashchilari bo‘lgan davlatlar to‘g‘risida.

Rasmiy hujjatlarga an’anaviy tarzda apostilь qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish sxemasi

Chat