Quyidagi oynalarni tasdiqlangan davlat standartiga muvofiq, yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan darajada qoraytirish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi:
Engil avtomobilь va M1, N1, N2 toifadagi transport vositalarining orqa yon oynalarini qoraytirish uchun ruxsatnoma va to‘lov talab etilmaydi.
M1, N1 va N2 toifadagi transport vositalarining old yon oynalarini qoraytirish faqat ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda old yon oynalarning yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 30 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.
Ruxsatnoma Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 1 yil muddatga beriladi.
Arizani Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berish mumkin.
YaIDXP orqali murojaat qilishda:
Ruxsatnoma haqidagi ma’lumot transport vositasining elektron hisob ma’lumotlariga kiritiladi. Haydovchidan uni qog‘oz shaklida olib yurish talab etilmaydi.
M1, N1 va N2 toifadagi transport vositalarining old va orqa yon oynalarini qoraytirish uchun:
Xizmat YaIDXP orqali olinganda belgilangan stavkaning 90 foizi, ya’ni tegishlicha 7,2 BHM yoki 12,6 BHM to‘lanadi.
M2 va M3 toifadagi III klass transport vositalari yon oynalarini qoraytirish uchun to‘lov 40 BHMni tashkil etadi.
So‘rovnomada ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilmagan, noto‘g‘ri ma’lumot kiritilgan yoki to‘lov belgilangan muddatda to‘liq amalga oshirilmagan bo‘lsa, so‘rovnoma avtomatik ravishda rad etiladi. Boshqa asoslar bilan ruxsatnoma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Transport vositasining mulkdori, davlat raqami, ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi yoki egasining ma’lumotlari o‘zgarganda ruxsatnoma YaIDXP orqali qo‘shimcha to‘lovsiz qayta rasmiylashtiriladi. Yangi ruxsatnoma avvalgi ruxsatnomaning qolgan amal qilish muddatiga beriladi.