Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4852 marta o'qildi

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma olish

Bu qanday ishlaydi?

  1. Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun DXMga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
  2. Ariza beruvchi so‘rovnomani to‘ldiradi va davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘laydi. DXM yoki YaIDXP to‘ldirilgan so‘rovnomani tuman (shahar) hokimligiga va Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuboradi.
  3. Davlat ekologiya qo‘mitasi 5 ish kun mobaynida daraxtlar va butalarning holatini, shuningdek, ularning kesilishi bo‘yicha muvofiqligini o‘rganadi. Hamda tuman (shahar) hokimligiga, shuningdek, DXMga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali ruxsatnoma berish uchun to‘lov miqdorlarini ko‘rsatgan holda xulosani yuboradi.
  4. Ariza beruvchi 4 ish kuni mobaynida ijobiy xulosa olingandan so‘ng xulosada ko‘rsatilgan miqdorda ruxsatnomani berish uchun to‘lovni amalga oshirishi zarur.
  5. Tuman (shahar) xokimliklari 1 ish kuni mobaynida Davlat ekologiya qo‘mitasi organining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda ruxsatnomani berish uchun to‘lov to‘langanidan so‘ng ruxsatnomani rasmiylashtirib, o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi. Ruxsatnomani DXMga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali yuboradi.

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Bog‘lanish:

  • telefon: +998 (71) 207-07-70 (ichki raqam: 1026#, 7001#)
  • e-mail: info@uznature.uz

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Onlayn ariza.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 6 ish kuni mobaynida

Xizmat narxi: BHMning 27% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 30%).

Yagona portal orqali topshirilganda miqdori: Yig‘im - 0.27 BHM

Chat