Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 58458 marta o'qildi

Murojaat qilish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun:

YaIDXP orqali ariza berilganda ham fuqaro o‘zi tanlagan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga borib, yuzini raqamli formatda suratga tushirishi va 16 yoshdan katta bo‘lsa, qo‘l barmoq izlarini topshirishi kerak.

Talab etiladigan hujjatlar

Umumiy holatda quyidagilar talab etiladi:

  • ID-karta yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa amaldagi hujjat;
  • ilgari berilgan xorijga chiqish pasporti — mavjud bo‘lsa;
  • 16 yoshga to‘lmagan bola uchun tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma;
  • voyaga etmagan shaxs uchun ota-ona, vasiy yoki homiylarning roziligi va hamrohlik qiluvchi shaxsning majburiyati — qonunchilikda talab etiladigan hollarda;
  • harbiy xizmatga majbur shaxslarga oid ma’lumot — zarur hollarda;
  • almashtirishga sabab bo‘lgan holatni tasdiqlovchi hujjat — F.I.O., tug‘ilgan sana yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlar o‘zgarganda.

Davlat organlarining axborot tizimlaridan olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni fuqarodan alohida talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat boji

Xorijga chiqish biometrik pasportini berganlik uchun:

  • 16 yoshga to‘lgan fuqarolardan — 1 BHM;
  • 16 yoshga to‘lmagan fuqarolardan — BHMning 80 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

YaIDXP orqali murojaat qilinganda davlat boji qonunchilikda belgilangan elektron murojaat chegirmasi hisobga olingan holda to‘lanadi.

Rasmiylashtirish muddati

Pasport murojaat va to‘lov amalga oshirilganidan keyin 10 ish kuni ichida beriladi.

YaIDXP orqali ariza berilganda muddat biografik va biometrik ma’lumotlar ma’lumotlarni yig‘ish punktida olingan vaqtdan hisoblanadi.

16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan alohida hollarda muddat 1 oygacha uzaytirilishi mumkin.

Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan pasportni almashtirishda tekshiruvlar sababli muddat yana 10 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.

Pasportning amal qilish muddati

Xorijga chiqish biometrik pasporti:

  • tug‘ilgan kundan 1 yoshgacha — 2 yilga;
  • 1 yoshdan 25 yoshgacha — 5 yilga;
  • 25 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yilga

beriladi.

Muhim! Xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati tugagan yoki undagi viza sahifalari to‘lgan bo‘lsa, pasportni almashtirish mumkin. Fuqaro xohishiga ko‘ra pasportni amal qilish muddati qancha qolganidan qat’i nazar, muddatidan oldin ham almashtirishi mumkin.

Tayyor pasportni olish

Tayyor pasport fuqaroning o‘ziga beriladi. 16 yoshdan katta shaxsning identifikatsiyasi barmoq izlari yoki Face-ID orqali tekshiriladi. 16 yoshga to‘lmagan shaxsning pasporti uning ota-onasi, vasiysi yoki homiysiga beriladi.

Arizada pochta orqali etkazib berish tanlangan bo‘lsa, pasport:

  • Toshkent shahri va viloyat markazlarida — 1 ish kunida;
  • boshqa hududlarda — 2 ish kunida qo‘shimcha pochta to‘lovi evaziga etkazib beriladi.
Chat