Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12253 marta o'qildi

Xizmatning mazmuni

Davlat xizmati «Manzil» avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi:

  • fuqaroning yashash joyi manzili to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumotni;
  • mulkdorga tegishli ko‘chmas mulkda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarni tahrirlash imkonini beradi.

Xizmat natijasida fuqaroga tahrirlangan qayd varag‘i, mulkdorga esa manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risida tahrirlangan ma’lumotnoma beriladi.

Murojaat qilish tartibi

Ariza beruvchi:

YaIDXP orqali so‘rovnoma dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, sutka davomida yuborilishi mumkin. Ariza beruvchi One-ID orqali identifikatsiya qilinadi.

So‘rovnomada ko‘rsatiladigan ma’lumotlar

So‘rovnomada ariza beruvchining F.I.O., tug‘ilgan sanasi, JShShIR, telefon raqami yoki elektron pochta manzili, tahrirlanishi lozim bo‘lgan manzil va to‘g‘ri yashash manzili ko‘rsatiladi.

Mulkdor ko‘chmas mulkida ro‘yxatdan o‘tgan shaxs haqidagi ma’lumotni tahrirlayotganda, ushbu shaxsning F.I.O., tug‘ilgan sanasi, JShShIR va manzil ma’lumotlarini kiritadi.

Ariza beruvchi boshqa shaxs manfaati uchun harakat qilsa, notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.

Xizmat narxi va muddati

Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.

So‘rovnoma manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. Ma’lumotlar tasdiqlangach, ular «Manzil» tizimida tahrirlanadi va natija shu kunning o‘zida rasmiylashtiriladi.

YaIDXP orqali murojaat qilinganda QR-kodli qayd varag‘i yoki ma’lumotnoma ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga avtomatik yuboriladi.

Muhim! QR-kodli elektron qayd varag‘i yoki ma’lumotnomani davlat organlari qabul qilishni rad etishi mumkin emas.

Rad etish asoslari

Xizmat quyidagi hollarda rad etiladi:

  • so‘rovnomadagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasa;
  • shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bo‘lsa, mulkdor haqidagi ma’lumotlarni tahrirlash holati bundan mustasno.

Boshqa asoslar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Chat