Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 19219 marta o'qildi

Ro‘yxatdan o‘tish majburiyati

Fuqaro yangi yashash joyiga kelgan kundan e’tiboran 10 ish kuni ichida yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

Turar joy mulkdori ham fuqaroni ushbu manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun vakolatli organga xabar berishi shart.

Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganlik fuqaroda mazkur turar joyga nisbatan mulk huquqini vujudga keltirmaydi.

Murojaat qilish usullari

Fuqaro yoki turar joy mulkdori:

  • migratsiya va personallashtirish bo‘linmasiga;
  • Davlat xizmatlari markaziga;
  • «Aqlli» migratsiya shoxobchasiga;
  • «E-xabar berish» tizimiga;
  • YaIDXP orqali murojaat qilishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tkazish mulkdor va fuqaroning ishtirokida amalga oshiriladi. Ularning roziligi Face-ID yoki Mobile-ID orqali tasdiqlanadi. Notarial tasdiqlangan rozilik yoki ishonchnoma asosida ham murojaat qilish mumkin.

Taqdim etiladigan hujjatlar

Shaxsan murojaat qilinganda quyidagilar taqdim etiladi:

  • mulkdorning uy-joy maydonini berish haqidagi roziligi;
  • mulkdorning pasporti, yashash guvohnomasi yoki ID-kartasi;
  • ro‘yxatdan o‘tayotgan shaxsning pasporti yoki ID-kartasi;
  • 16 yoshga to‘lmagan bola uchun tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • zarur hollarda vasiylik, homiylik yoki patronatni tasdiqlovchi hujjat.

YaIDXP orqali murojaat qilinganda zarur ma’lumotlar davlat axborot tizimlaridan avtomatik olinadi.

18 yoshga to‘lmagan fuqaro ota-onasi yoki vasiysi ro‘yxatdan o‘tgan manzilda ro‘yxatdan o‘tkazilganda turar joy mulkdorining alohida roziligi talab etilmaydi.

Davlat boji va muddat

Xizmat uchun BHMning 2 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

YaIDXP orqali murojaat qilinganda belgilangan bojning 90 foizi, ya’ni amalda BHMning 1,8 foizi undiriladi.

Elektron so‘rovnomani ko‘rib chiqish muddati 1 ish kunidan oshmasligi kerak. Mulkdor yoki ro‘yxatdan o‘tayotgan fuqaro so‘rovnomani bir ish kuni ichida tasdiqlamasa, murojaat avtomatik bekor qilinadi.

Natijada QR-kodli elektron yoki qog‘oz shakldagi qayd varag‘i rasmiylashtiriladi.

Chat