Xorijda doimiy yashayotgan yoki vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari elchixona yoki konsullik muassasasi qabuliga oldindan elektron navbat olishi mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun YaIDXPda avtorizatsiyadan o‘tish talab etiladi.
Ariza beruvchi:
Talonda diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasi, qabul sanasi, vaqti va tanlangan xizmat haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Qabulga elektron yozilish xizmati bepul.
Muhim! Elektron navbat olish konsullik xizmatining o‘zi ko‘rsatilganini anglatmaydi. Pasport, viza, ishonchnoma, fuqarolik holati yoki boshqa konsullik harakati uchun qonunchilikda belgilangan hujjatlar va to‘lovlar alohida talab qilinishi mumkin.
Fuqaro belgilangan sana va vaqtda diplomatik vakolatxonaga zarur hujjatlarning asli bilan borishi lozim. Qabulga borish imkoni bo‘lmasa, navbatni oldindan bekor qilish yoki boshqa bo‘sh vaqtni tanlash maqsadga muvofiq.