Harbiy ro‘yxat chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majbur fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni hisobga olish, ularning harbiy majburiyatini bajarishini ta’minlash maqsadida yuritiladi.
Harbiy hisob hujjatlariga:
Fuqaro harbiy ro‘yxatga qo‘yish yoki undan chiqarish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shaxsiy kabineti orqali murojaat qilishi mumkin.
Arizada fuqaroning shaxsiy va harbiy hisob ma’lumotlari, yashash joyi, telefon raqami hamda ro‘yxatga qo‘yish yoki ro‘yxatdan chiqarish asosi ko‘rsatiladi.
Davlat xizmati doirasida foydalanuvchiga faqat o‘ziga tegishli harbiy hisob ma’lumotlari taqdim etiladi.
Fuqaro yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganda, chaqiriluvchi yoki harbiy xizmatga majbur shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platforma orqali Mudofaa vazirligiga yuboriladi.
Bu axborot almashinuvi harbiy hisob ma’lumotlarini avtomatik yangilash imkonini beradi. Biroq axborot tizimida ma’lumot mavjud bo‘lmasa yoki noto‘g‘ri bo‘lsa, fuqaro tegishli tuman yoki shahar mudofaa ishlari bo‘limiga murojaat qilishi kerak.
Muhim! Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar yashash joyi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, ish yoki o‘qish joyi o‘zgarganida harbiy hisob ma’lumotlarini belgilangan tartibda yangilashi shart.
Murojaat natijasi va harbiy hisob holati haqidagi ma’lumot fuqaroning YaIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Fuqaroni harbiy ro‘yxatga qo‘yish yoki undan chiqarishda qo‘shimcha tekshiruv, tibbiy ko‘rik yoki harbiy hisob hujjatining asli talab qilinsa, unga mudofaa ishlari bo‘limiga shaxsan kelish haqida xabar beriladi.