Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 158542 marta o'qildi

Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 70,3 foizi.

Mazkur nafaqa:

  • ishlayotgan ayollarga – ish joyidan;
  • ta’lim olayotgan ayollarga – o‘qish joyidan;
  • o‘qimaydigan va ishlamaydigan ayollarga – eri ishlaydigan yoki o‘qiydigan joyidan;
  • o‘qimaydigan va ishlamaydigan ota-onalarga – Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan to‘lanadi.
  • Davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bola tug‘ilgan kundan boshlab 1 oy muddat ichida murojaat qilingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ko‘rsatiladi va nafaqa puli nafaqa etkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot tomonidan to‘lanadi.

Nafaqani olish uchun FHDYo bo‘limi tomonidan berilgan bolaning tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomasini topshirishi lozim. Mazkur ma’lumotnoma FHDYo bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bilan birga taqdim etiladi. Nafaqa olinishi uchun ma’lumotnoma nafaqani to‘lovchi organga 1 oy ichida topshirilishi kerak. Ushbu muddat o‘tgandan keyin nafaqa to‘lanmaydi.           

  • Agar ma’lumotnoma yo‘qotib qo‘yilsa, ish, o‘qish joyidan nafaqa olinmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga asosan FHDYo bo‘limidan takroran ma’lumotnoma olish lozim bo‘ladi.
  • O‘lik bola tug‘ilgan xollarda nafaqa to‘lanmaydi.

2024-yil 1 apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:

  • birinchi farzandi uchun — barcha ayollarga;
  • ikkinchi farzandi uchun — farzand tug‘ilgan paytda «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.

Qolgan barcha holatlarda nafaqa to‘lanmaydi.

Chat