Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 22839 marta o'qildi

Qaysi shartnomalar hisobga qo‘yiladi?

Jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli ko‘chmas mulkni:

  • ijaraga berish;
  • tekin foydalanishga berish;
  • ruxsat mavjud bo‘lganda ikkilamchi ijaraga berish to‘g‘risidagi shartnomalar soliq organida hisobga qo‘yiladi.

Shartnoma ko‘chmas mulk joylashgan hududdan qat’i nazar elektron shaklda hisobga qo‘yilishi mumkin.

Murojaat qilish tartibi

Shartnoma tuzilgandan keyin 3 kun ichida uni soliq organida hisobga qo‘yish uchun ma’lumotlar yuboriladi.

Murojaat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, soliq organining maxsus axborot tizimi yoki Davlat xizmatlari markazi orqali beriladi.

Arizada taraflar, ko‘chmas mulk ob’ekti, kadastr raqami, ijara muddati va to‘lov miqdori ko‘rsatiladi.

Ikkinchi taraf yuborilgan ma’lumotlarni 5 kun ichida tasdiqlashi kerak. Tasdiqlanmasa, shartnoma hisobga qo‘yilmaydi.

Muhim: shartnomani soliq organida hisobga qo‘yish bepul va real vaqt rejimida amalga oshiriladi.

Natija

Tasdiqlanganidan keyin shartnoma haqidagi ma’lumotlar soliq organining axborot tizimiga kiritiladi va QR-kodli elektron guvohnoma shakllantiriladi.

Shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, uni hisobdan chiqarish to‘g‘risida ham elektron murojaat beriladi.

Chat