Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17093 marta o'qildi

Soliq qanday hisoblanadi?

Jismoniy shaxsning mol-mulk solig‘i ko‘chmas mulk ob’ektining kadastr qiymati va belgilangan soliq stavkasi asosida hisoblanadi:

Kadastr qiymati × soliq stavkasi = yillik mol-mulk solig‘i

Turar joy ob’ektlari uchun asosiy stavkalar:

  • maydoni 200 kvadrat metrgacha0,34%;
  • shaharlarda maydoni 200 kvadrat metrdan 500 kvadrat metrgacha0,45%;
  • shaharlarda maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq0,6%;
  • boshqa aholi punktlarida maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq0,45%.

Masalan, maydoni 200 kvadrat metrgacha bo‘lgan uyning kadastr qiymati 300 000 000 so‘m bo‘lsa, yillik soliq:

300 000 000 × 0,34% = 1 020 000 so‘m.

Soliqni kim hisoblaydi?

Jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig‘ini soliq organi kadastr ma’lumotlari asosida hisoblaydi. To‘lov xabarnomasi, qoida tariqasida, 1-martga qadar etkaziladi.

Soliq teng ulushlarda:

  • 15-aprelga qadar;
  • 15-oktabrga qadar to‘lanadi.

Muhim: kalьkulyator natijasi axborot uchun xizmat qiladi. To‘lanishi lozim bo‘lgan yakuniy summa soliq organining rasmiy xabarnomasida ko‘rsatiladi.

Chat