Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15313 marta o'qildi

Murojaat qilish tartibi

Jismoniy va yuridik shaxslar texnik shart olish uchun:

  • Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qiladi;
  • yoki YaIDXP orqali elektron so‘rovnoma yuboradi.

So‘rovnoma elektron shaklda to‘ldiriladi. Ariza beruvchidan reglamentda nazarda tutilmagan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish mumkin emas. YaIDXP orqali yuborilgan so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

Texnik shartlarni berish

Hududiy gaz ta’minoti tashkiloti so‘rovnoma tushganidan keyin 3 ish kuni ichida tuman yoki shahar gaz ta’minoti bo‘limining o‘rganish xulosasi asosida:

  • QR-kodli texnik shartlarni ishlab chiqadi va elektron shaklda yuboradi;
  • yoki ularni ishlab chiqishni rad etadi.

Gaz ta’minoti tashkiloti loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari bo‘yicha tijorat takliflari hamda shartnoma loyihalarini yuborishi mumkin. Bunday takliflarda ishlarni bajarish muddati va xarajatlar kalьkulyatsiyasi aniq ko‘rsatilishi shart.

Yig‘im va chegirmalar

Davlat xizmati uchun:

  • Davlat xizmatlari markazi orqali — BHMning 10 foizi;
  • YaIDXP orqali — BHMning 9 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulashda:

  • «kambag‘al oila» a’zolariga, davlat tibbiyot muassasalarida mehnat shartnomasi asosida tibbiyot yoki farmatsevtika sohasida ishlovchi shaxslarga, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — 50 foiz;
  • «davlat ta’minotidagi oila» a’zolariga — 75 foiz chegirma qo‘llaniladi.

Rad etish va istisnolar

Ob’ekt joylashgan hududda iste’molchiga tabiiy gaz etkazib berish imkonini beradigan quvvatga ega gaz taqsimoti tarmog‘i mavjud emasligi rad etish uchun asos bo‘ladi.

Texnik shartlarni boshqa asoslar bilan berishni rad etish taqiqlanadi.

Maishiy iste’molchilarning xonadonlari, shaxsiy uy-joylari, dala hovlilari, yordamchi xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa-bog‘ ob’ektlarini gaz tarmog‘iga ulashda texnik shart ishlab chiqish talab etilmaydi. Litsenziyaga ega loyiha tashkiloti ishlab chiqqan loyiha qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos bo‘ladi, uni gaz ta’minoti tashkiloti bilan kelishish ixtiyoriydir.

Chat