Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11064 marta o'qildi

“Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5265-son, 23.10.2021-y.) qabul qilindi 

Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan sug‘urtaning barcha turlarini (klasslarini) elektron shaklda amalga oshirishga ruxsat beriladi.

  • 2023-yil 1 yanvardan majburiy sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini qog‘oz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.
  • 2022-yil 1 yanvardan 2025-yil 1 yanvargacha hayot sug‘urtasi sohasidagi sug‘urta tashkilotlarining mazkur faoliyati qismi uchun hisoblanadigan foyda solig‘i bo‘yicha belgilangan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

2022-yil 1 yanvardan 2024-yil 1 yanvargacha ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlari uchun baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish va tibbiy sug‘urta turlari bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomalari asosida O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar jismoniy shaxslarning jami daromadi sifatida qaralmaydi.

2022-yil 1-iyungacha transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha yagona axborot tizimi negizida barcha sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etiladi.

Sug‘urta shartnomalarini Yagona axborot tizimi orqali rasmiylashtirish sug‘urta tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.

2022-yil 1-iyuldan inflyatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlari chiqariladi. 

Chat