Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 14978 marta o'qildi

Qiyoslashni tashkil etish

Elektr energiyasini hisobga olish uskunalarining navbatdagi davriy qiyoslanishi qiyoslash muddati tugashiga 3 oy qolganda, HETK tomonidan proaktiv shaklda — iste’molchining murojaatisiz tashkil etiladi.

Zarurat bo‘lganda talabgor DXM yoki YaIDXP orqali ham murojaat qilishi mumkin. Qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi.

Hisoblagichni echish

HETK hisoblagichni:

  • proaktiv xizmatda qiyoslash muddati tugashiga 3 oy qolganda;
  • ariza asosida xizmatda so‘rovnoma kelib tushganidan keyin 5 ish kuni ichida

talabgor bilan kelishilgan vaqtda va uning ishtirokida echib oladi.

Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi. Hisoblagich dalolatnoma bilan birga akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatiga topshiriladi.

Qiyoslash va natijalar

Metrologiya xizmati hisoblagichni 3 ish kuni ichida qiyoslashdan o‘tkazadi.

Ijobiy natijada:

  • hisoblagich foydalanishga yaroqli deb topiladi;
  • qiyoslash sertifikati rasmiylashtiriladi;
  • hisoblagich metrologik tamg‘a bilan tamg‘alanadi.

Salbiy natijada hisoblagichning yaroqsizligi haqida xabarnoma rasmiylashtiriladi.

Yaroqsiz deb topilgan elektr hisoblagichini ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish chorasi HETK tomonidan 3 ish kunida ko‘riladi. Bunday xarajatlar HETK tomonidan qoplanadi.

HETK sertifikat yoki xabarnoma kelib tushganidan keyin hisoblagichni metrologiya xizmatidan 2 ish kuni ichida olib ketadi.

O‘rnatish va plombalash

Qiyoslashdan o‘tgan hisoblagich HETK tomonidan 3 ish kuni ichida o‘rnatiladi va plombalanadi. O‘rnatish dalolatnomasi uch nusxada tuzilib, bir nusxasi talabgorga beriladi.

Xizmat yakunlanganligi haqidagi dalolatnoma DXMga yoki talabgorga elektron shaklda yuboriladi.

Odatdagi jarayonning umumiy muddati — 14 ish kunigacha. Hisoblagich yaroqsiz deb topilib, uni ta’mirlash yoki almashtirish talab etilganda muddat uzayishi mumkin.

Yig‘im miqdorlari

DXM yoki YaIDXP orqali murojaat qilinganda:

  • maishiy bo‘lmagan jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — BHMning 20 foizi;
  • maishiy iste’molchilar uchun HETKdan — BHMning 15 foizi;
  • yuridik shaxslar uchun — BHMning 1,5 baravari.

YaIDXP orqali murojaat qilinganda ushbu summalarning 90 foizi, ya’ni tegishlicha 18 foiz, 13,5 foiz va 1,35 BHM undiriladi.

HETKka to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilinganda yoki xizmat proaktiv ko‘rsatilganda:

  • jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — BHMning 16 foizi;
  • yuridik shaxslar uchun — BHMning 1,2 baravari.

Echish, qiyoslash va o‘rnatish uchun bir vaqtda murojaat qilinganda yig‘im bir marta undiriladi.

Chat