
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam uni tayinlashni rad etish uchun asoslar mavjud bo‘lmaganda ariza ko‘rib chiqilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab tayinlanadi.
Moliyaviy agent — bolalar nafaqasi va moddiy yordam mablag‘larini oluvchining bank yoki ijtimoiy kartasiga o‘tkazuvchi tashkilot.
To‘lov:
pul mablag‘larini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam har oyning 4-sanasidan 27-sanasiga qadar to‘lanadi.
To‘lov muddati oilaning Ijtimoiy reestrdagi toifasiga bog‘liq:
Bolalar nafaqasi eng kichik yoki yagona bola 18 yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.
Bolasiz, barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan oilalar va yakka-yolg‘iz fuqarolarga moddiy yordam tayinlanishi mumkin.
Bir oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni bir vaqtning o‘zida to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nafaqa yoki moddiy yordam avtomatik ravishda qayta hisoblanadi, agar:
Yangi miqdor yoki to‘lovni to‘xtatish, qoida tariqasida, holat aniqlangan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan qo‘llaniladi.
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
Shuningdek, «kambag‘al oila» toifasidagi mehnatga layoqatli, rasmiy band bo‘lmagan oila a’zosi:
Qonunchilikda belgilangan ayrim toifadagi shaxslarga mazkur bandlik talabi tatbiq etilmaydi.
Ariza beruvchi:
Noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etilishi natijasida ortiqcha to‘langan mablag‘lar belgilangan tartibda qaytarilishi yoki keyingi to‘lovlardan ushlab qolinishi mumkin.
Qonunchilikda nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordamdan pul ushlab qolishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF–258-son Farmoni