Qonun bo‘yicha vorislik vasiyatnoma mavjud bo‘lmaganda, vasiyatnoma butun merosni qamrab olmaganda yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda qo‘llaniladi.
Merosxo‘rlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan navbatlar bo‘yicha vorislikka chaqiriladi. Oldingi navbatdagi merosxo‘rlar mavjud bo‘lmasa, merosdan voz kechsa, merosdan chetlatilsa yoki merosni qabul qilmasa, keyingi navbatdagi merosxo‘rlar vorislikka chaqiriladi.
Bir navbatdagi merosxo‘rlarning ulushlari, qoida tariqasida, teng hisoblanadi.
Meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashash joyi meros ochilgan joy hisoblanadi.
Agar oxirgi yashash joyi noma’lum bo‘lsa, meros ochilgan joy:
Guvohnoma meros ochilgan joydagi notarius tomonidan beriladi.
Qonun bo‘yicha merosga huquq to‘g‘risida guvohnoma berishda notarius:
FHDYo, doimiy yashash joyi, ko‘chmas mulk va boshqa davlat reestrlarida mavjud ma’lumotlar notarius tomonidan axborot tizimlari orqali mustaqil olinadi.
Muhim! Ma’lumot davlat elektron bazasida mavjud bo‘lsa, fuqarodan uy daftari, ichki ishlar organi ma’lumotnomasi yoki FHDYo hujjatlarining qog‘oz nusxalarini takroran talab qilishga zarurat bo‘lmaydi.
Elektron tizimda mavjud bo‘lmagan yoki o‘zaro zid ma’lumotlarni tasdiqlash uchun tegishli hujjat yoki sud qarori talab qilinishi mumkin.
Merosxo‘r notariusga shaxsan yoki tegishli vakolat berilgan vakil orqali murojaat qilishi mumkin.
Voyaga etmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan merosxo‘rlarning huquqlari ularning qonuniy vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
Merosdan voz kechish notariusga ariza berish orqali rasmiylashtiriladi. Voz kechish keyinchalik qaytarib olinishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Meros qoldiruvchining nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkida tirik qolgan er yoki xotinning o‘z mulkiy ulushi mavjud bo‘lishi mumkin.
Bu ulush meros tarkibiga kirmaydi. Merosga faqat vafot etgan er yoki xotinga tegishli qismi o‘tadi.
Muhim! Tirik qolgan er yoki xotinning qonun bo‘yicha merosxo‘r sifatidagi ulushi uning nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi shaxsiy ulushidan alohida hisoblanadi.
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma, qoida tariqasida, meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach beriladi.
Agar notariusda guvohnoma so‘rab murojaat qilgan shaxslardan boshqa merosxo‘rlar yo‘qligi haqida ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, guvohnoma olti oy tugamasidan oldin ham berilishi mumkin.
Merosxo‘rlar o‘rtasida huquq, ulush yoki meros mol-mulki tarkibi bo‘yicha nizo mavjud bo‘lsa, nizo sud tartibida hal etiladi.
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish uchun:
«Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunda ayrim merosxo‘rlar va mol-mulk turlari uchun davlat bojidan ozod qilish bo‘yicha imtiyozlar belgilangan. Huquqiy va texnik qo‘shimcha harakatlar uchun alohida haq undirilishi mumkin.
Guvohnoma berish tartibi «Notariat to‘g‘risida»gi Qonun va Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma bilan tartibga solinadi.