Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8641 marta o'qildi

Vazirlar Mahkamasining qarori (674-son, 04.11.2021-y.) bilan stipendiyalar tayinlash tartiblariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.    

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, bakalavriat va magistratura talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi alohida tasdiqlandi.

Prezident stipendiyasi har bir OTM bakalavriat talabalarining 1 nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi.

Boshqa davlat stipendiyalari oxirgi ikki kursda o‘qiyotgan talabalarga to‘lanadi.

Stipendiyalar uchun nomzodlarni ko‘rsatish OTM kengashlari tomonidan talabgorlarning o‘quv va ilmiy faoliyatini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.

OTM kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar “stipendiya.edu.uz” tizimiga har yili 1-15-avgust kunlari kiritiladi.

Stipendiya tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni berish 10-30-sentabr kunlari ko‘rib chiqiladi.

Stipendiyalar 1 sentyabrdan tayinlanadi.

Chat