Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 24132 marta o'qildi

Yoshlar (yosh fuqarolar) — 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar.

Yosh oila — er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol).

Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy printsiplari:
  • ochiqlik va shaffoflik;
  • yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi;
  • yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
  • ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;
  • yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda qonunga muvofiq har bir yosh fuqaroning huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi.

Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish kafolatlari:
  • bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi;
  • bepul umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim olish;
  • davlat ta’lim muassasalarida davlat grantlari doirasida bepul kasb-hunar va oliy ta’lim olish;
  • davlat sport-sog‘lomlashtirish va madaniy-ma’rifiy muassasalariga borish uchun shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.

Ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan yosh fuqarolarni ishga joylashtirishga yordam qo‘shimcha ish o‘rinlari va ixtisoslashtirilgan korxonalarni barpo etish, o‘qitish bo‘yicha maxsus dasturlarni tashkil etish, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yoshlarni ishga joylashtirish uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda ish joylarining eng kam miqdori zaxirasini yaratish yo‘li bilan ta’minlanadi.

Yoshlar ijtimoiy xizmati faoliyatining yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
  • yosh fuqarolarga psixologik-pedagogik, yuridik yordam ko‘rsatish va maslahatlar berish;
  • imkoniyati cheklangan yosh fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
  • yosh oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
  • ta’lim va mehnat jamoalarida yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va boshqalar.

Chat