Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 23349 marta o'qildi

Murojaat qilish tartibi

Loyihalash ishlari yakunlangandan keyin loyihalash tashkiloti:

  1. Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qiladi yoki YaIDXP orqali so‘rovnoma yuboradi.
  2. So‘rovnomani elektron shaklda to‘ldiradi va uni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
  3. So‘rovnomaga gaz ta’minoti loyihasini elektron shaklda ilova qiladi.

Loyihalash tashkilotidan reglamentda nazarda tutilmagan boshqa hujjat yoki ma’lumotlarni talab qilish taqiqlanadi. So‘rovnoma avtomatik ravishda hududiy gaz ta’minoti tashkilotiga yuboriladi.

Loyihani kelishish muddati va natijasi

Hududiy gaz ta’minoti tashkiloti so‘rovnoma kelib tushganidan keyin 3 ish kuni ichida:

  • gaz ta’minoti loyihasini kelishadi;
  • QR-kod qo‘yilgan xulosani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi;
  • yoki rad etishning aniq sabablari va tegishli qonunchilik normalarini ko‘rsatgan holda kelishishni rad etadi.

Kelishilgan gaz ta’minoti loyihasi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.

Agar gaz ta’minoti loyihasi hududiy gaz ta’minoti tashkilotining o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsa, uni alohida kelishish talab etilmaydi.

Yig‘im miqdori

Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun:

  • Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda — BHMning 10 foizi;
  • YaIDXP orqali murojaat qilinganda — BHMning 9 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Gaz ta’minoti loyihasi qurilish ob’ektining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish bilan bir vaqtda kelishilsa, mazkur yig‘im undirilmaydi.

Rad etish va takroriy kelishish

Gaz ta’minoti loyihasining texnik shartlar talablaridan chetga chiqishi kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi.

Boshqa sabablar bilan gaz ta’minoti loyihasini kelishishni rad etish taqiqlanadi.

Kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin takroriy kelishish 1 ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. Takroriy ko‘rib chiqishda avvalgi rad javobida ko‘rsatilmagan yangi sabablarni keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Chat