Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9333 marta o'qildi

Yashash huquqi har bir bolaning uzviy huquqidir. Bola hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.

Davlat sog‘lom bolaning tug‘ilishi va rivojlanishini ta’minlash uchun sharoit yaratadi.

  • Har bir bola tug‘ilgan paytdan e’tiboran familiya, ism, ota ismi olish, millati va fuqaroligiga ega bo‘lish huquqiga, shuningdek ularni saqlab qolish huquqiga ega.
  • Har bir bola erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, turar joyi daxlsizligi va xat-xabarlarini sir tutish huquqiga ega.
  • Har bir bola o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga g‘ayriqonuniy aralashuvlardan himoyalanish huquqiga ega.
  • Bola qonunga asoslanmagan holda ushlab turilishi, hibsga olinishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.

Davlat bolaning shaxsi, uy-joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini ta’minlaydi hamda bolani ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo‘pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar va g‘ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishini amalga oshiradi.         

Davlat:
  • bolaga nisbatan ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllarining oldini olish, shuningdek ularning sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
  • ekspluatatsiya va zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan bolalarga zarur pedagogik, psixologik, tibbiy, yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘radi.

Davlat bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashni kafolatlaydi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi.          

  • Bola qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk huquqiga ega bo‘lishi mumkin.
  • Davlat bolaning bepul majburiy umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim olishini kafolatlaydi.
Chat