Gaz tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagi asosiy bosqichlarni qamrab oladi:
Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin.
Iste’molchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan yoki YaIDXP orqali murojaat qiladi.
Shaxsan murojaat qilinganda so‘rovnomani Davlat xizmatlari markazi xodimi iste’molchi nomidan to‘ldiradi. Elektron murojaatda iste’molchi so‘rovnomani mustaqil to‘ldiradi.
Zarur holda so‘rovnomada ulanish rejalashtirilayotgan gaz kommunikatsiyalarining balansda saqlovchisi roziligi mavjudligi ko‘rsatiladi.
Iste’molchidan so‘rovnomada nazarda tutilmagan boshqa ma’lumotlar yoki hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
YaIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda yig‘im — BHMning 10 foizi.
YaIDXP orqali murojaat qilinganda belgilangan yig‘imning 90 foizi, ya’ni BHMning 9 foizi undiriladi.
Jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulashda:
Hududiy gaz ta’minoti tashkiloti so‘rovnoma kelib tushganidan keyin 3 ish kuni mobaynida:
Hududiy gaz ta’minoti tashkiloti loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlariga doir tijorat takliflari hamda shartnoma loyihalarini ham yuborishi mumkin. Ularda ishlarning muddatlari va xarajatlar kalьkulyatsiyasi ko‘rsatilishi shart.
Maishiy iste’molchilarning:
Bunday ob’ektlar uchun tegishli litsenziyaga ega loyihalash tashkiloti ishlab chiqqan loyiha hujjatlari qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos bo‘ladi. Loyihani hududiy gaz ta’minoti tashkiloti bilan kelishish ixtiyoriy.
Shuningdek, texnik shart va yangi gaz ta’minoti loyihasi quyidagi hollarda talab etilmaydi:
Ob’ekt joylashgan hududda iste’molchini tabiiy gaz bilan ta’minlash imkonini beradigan quvvatga ega gaz taqsimoti tarmog‘i mavjud emasligi texnik shart berishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
So‘rovnomada gaz iste’moli yuklamasi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, mas’ul xodimlar ob’ektni o‘rganishi yoki iste’molchi bilan bog‘lanib yuklama hajmiga aniqlik kiritishi kerak.
Qonunchilikda nazarda tutilmagan boshqa asoslar bo‘yicha texnik shart berishni rad etish taqiqlanadi.
Texnik shart olingandan keyin iste’molchi gaz ta’minoti loyihasini ishlab chiqish uchun hududiy gaz ta’minoti tashkiloti yoki boshqa loyihalash tashkiloti bilan shartnoma tuzishi mumkin.
Loyiha tayyorlangach, loyihalash tashkiloti uni kelishish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali taqdim etadi. So‘rovnomaga gaz ta’minoti loyihasining elektron shakli ilova qilinadi.
Agar loyiha hududiy gaz ta’minoti tashkilotining o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsa, uni alohida kelishish talab etilmaydi.
Hududiy gaz ta’minoti tashkiloti loyihani 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi.
Kelishish natijasida:
Kelishilgan gaz ta’minoti loyihasi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
Loyihaning texnik shartlar talablaridan chetga chiqishi kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi. Kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin qayta kelishish 1 ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Loyiha kelishilganidan keyin iste’molchi hududiy gaz ta’minoti tashkiloti yoki boshqa qurilish-montaj tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.
Qurilish-montaj ishlari shartnomada belgilangan muddatlarda bajariladi.
Qurilish-montaj ishlari yakunlangach, iste’molchi gaz hisoblagichini plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali so‘rovnoma beradi.
Hududiy gaz ta’minoti tashkiloti so‘rovnoma kelib tushganidan keyin 1 ish kuni mobaynida:
Hisoblagich plombalangan kunning o‘zida gaz ta’minoti shartnomasi va dalolatnoma iste’molchiga yuboriladi.
Iste’molchi shartnomani 5 ish kuni mobaynida tasdiqlaydi. Tabiiy gaz shartnomada nazarda tutilgan to‘lov amalga oshirilgandan keyin etkazib beriladi.