Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7622 marta o'qildi

Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi
  • ota-ona vafot etganda;
  • ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ota-onalik huquqi cheklanganda;
  • ota-ona muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
  • ota-ona kasal bo‘lganda;
  • ota-ona uzoq muddat bo‘lmaganda;
  • ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda (ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda);
  • ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda.

  • Vasiylik va homiylik organlari ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlaydi, bunday bolalarni hisobga oladi va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan har bir holatga qarab, bolalarni joylashtirish shakllarini tanlaydi, shuningdek bundan buyon ularga ta’minot berish, ularni tarbiyalash va ularga ta’lim berish shart-sharoitlarini nazorat qilib boradi.
  • Tashkilotlarning (maktabgacha ta’lim tashkilotlarining, umumta’lim muassasalarining, davolash muassasalarining va boshqa muassasalarning), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari va boshqa fuqarolar bolalar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganligidan xabardor bo‘lgach, 7 kunlik muddat ichida bu haqda bolalar haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar berishlari shart.
  • Vasiylik va homiylik organi bunday ma’lumotlarni olgan kundan e’tiboran 3 kun ichida bolaning turmush sharoitini tekshirib chiqishi va bunda bolaning ota-ona yoki qarindoshlari qaramog‘idan mahrum bo‘lganligi aniqlansa, uni joylashtirish masalasi hal bo‘lguniga qadar bolaning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashi shart.

Etim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga bo‘lgan huquqni ta’minlash jarayonlarida ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati mas’ul organ hisoblanadi.

Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joylar bilan ta’minlash Sxemasi

Chat