2022-yil 1-iyuldan boshlab davlat ishtirokidagi korxonalarda kuzatuv kengashi a’zolarini rag‘batlantirish va ijroiya organi a’zolarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha yagona siyosat joriy etildi.
Shu bilan birga, ijroiya organi a’zolariga to‘lanadigan har qanday qo‘shimcha to‘lovlar, yil davomidagi ish haqi va mukofotlardan tashqari, bekor qilindi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar va davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan banklar tomonidan mulkni sotish, boshqa korxonaga investitsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalar korxonalar kuzatuv kengashi bilan kelishilishi shart.
Davlat korxonalarining homiylik xarajatlari o‘tgan yilda olingan sof daromadning 3 foizidan oshmasligi kerak.