Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 31513 marta o'qildi

Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari nimalarga  sarflanadi | NORMA.UZ

Monitoring nima orqali amalga oshiriladi?

«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizni qo‘llab-quvvatlash choralari individual dastur orqali nazorat qilinadi. Individual dasturni «mahalla ettiligi» yuritadi.

Individual dastur — xotin-qizning aniqlangan muammosi, unga ko‘rsatiladigan yordam, bajarish muddati va mas’ul tashkilotlarni belgilaydigan hujjat.

Anketa-so‘rovnoma va individual dasturning asl nusxalari tuman yoki shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limida 5 yil saqlanadi.

Yordamning bajarilgani qanday qayd etiladi?

Individual dasturda belgilangan chorani bajarish tegishli mas’ul tashkilot zimmasiga yuklanadi. Natija va bajarilgan ishlar dasturda hamda «Ayollar daftari» axborot tizimida qayd etiladi.

Mas’ul xodimlar har bir xotin-qizning muammosini hal etish bo‘yicha hisobotlarni har ish kuni soat 18:00 gacha axborot tizimiga kiritadi.

Ma’lumotlarni kim tekshiradi?

Tuman yoki shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi, tahlil qiladi va ularning asosliligini o‘rganadi.

Ma’lumotlar har 10 kunda tuman yoki shahar hokimining oila va xotin-qizlar masalalariga mas’ul o‘rinbosariga taqdim etiladi. Hokim o‘rinbosari har oyning 1-sanasiga qadar natijalarni mas’ul tashkilotlar va «mahalla ettiligi» bilan tahlil qiladi.

Kengashga qanday hisobot beriladi?

Hokimning mas’ul o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari har chorak yakunida individual dasturlar bajarilishi bo‘yicha xalq deputatlari tuman yoki shahar Kengashiga axborot beradi.

Kengash sessiyasida hisobotlar eshitiladi va mas’ullarning faoliyatiga baho beriladi. Hududiy ma’lumotlar har oy umumlashtirilib, keyingi oyning 5-sanasiga qadar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga taqdim etiladi.

Individual dastur o‘zgartirilishi mumkinmi?

Xotin-qizning vaziyati yoki ehtiyoji o‘zgarsa, individual dasturga «mahalla ettiligi»ning kollegial qarori asosida, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i bilan kelishilgan holda o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Shu sababli xotin-qiz dasturdagi yordam uning haqiqiy ehtiyojiga mos kelmasa yoki yordam bajarilmagan bo‘lsa, dasturni qayta ko‘rib chiqishni so‘rashi mumkin.

Xotin-qiz qachon daftardan chiqariladi?

Individual dasturdagi chora-tadbirlar to‘liq bajarilgani xotin-qiz va mas’ullar tomonidan tasdiqlangandan keyin uni daftardan chiqarish masalasi xalq deputatlari tuman yoki shahar Kengashiga kiritiladi.

Kengash qarori qabul qilingach:

  • ma’lumot 3 kundan kechikmay axborot tizimiga kiritiladi;
  • xotin-qiz 5 kun ichida yozma ravishda xabardor qilinadi.

Individual dasturdagi muammolar amalda hal etilmagan bo‘lsa, xotin-qiz qaror ustidan yuqori turuvchi organga yoki ma’muriy sudga shikoyat qilishi mumkin.

Chat