Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 55358 marta o'qildi

Murojaat qilish tartibi

Iste’molchi:

  • Davlat xizmatlari markaziga;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali;
  • «ELEKTR» onlayn platformasi orqali murojaat qilishi mumkin.

So‘rovnomada ko‘rsatilmagan qo‘shimcha ma’lumot yoki hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. YaIDXP orqali yuborilgan so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

20 kVtgacha bo‘lgan quvvatda ulash

20 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarga texnik shart ishlab chiqish talab etilmaydi. Ulash elektr tarmog‘iga ulash sxemasi asosida amalga oshiriladi.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi 10 ish kuni ichida:

  • ulash sxemasini tayyorlaydi;
  • qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini bajaradi;
  • elektr energiyasini o‘lchash vositasini o‘rnatadi va plombalaydi;
  • tegishli naryadni rasmiylashtiradi;
  • elektr ta’minoti shartnomasini tuzadi.

20 kVtgacha bo‘lgan maishiy iste’molchilarning xonadonlari va uy-joylarini ulashda texnik shart, elektr ta’minoti loyihasi hamda qurilmalarning ekspluatatsiyaga tayyorligi to‘g‘risidagi dalolatnoma talab etilmaydi.

20 kVtdan 50 kVtgacha bo‘lgan quvvatda ulash

Ulash ishlari Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan tayyor holda topshirish asosida amalga oshiriladi. Umumiy muddat — 20 ish kuni:

  • texnik shartlarni ishlab chiqish — 2 ish kuni;
  • elektr ta’minoti loyihasini tayyorlash — 5 ish kuni;
  • loyihani O‘zenergoinspektsiya bilan kelishish — 3 ish kuni;
  • qurilish-montaj ishlari — 6 ish kuni;
  • ekspluatatsiyaga tayyorlik dalolatnomasini rasmiylashtirish — 3 ish kuni;
  • shartnoma tuzish va tarmoqqa ulash — 1 ish kuni.

50 kVtdan yuqori bo‘lgan quvvatda ulash

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi QR-kodli texnik shartlarni 3 ish kunida ishlab chiqadi. Texnik shartlar joylashtirilgandan keyin HETK va tegishli pudratchilar o‘z takliflarini 3 ish kunida taqdim etadi.

Iste’molchi elektr ta’minoti loyihasi, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini bajarish uchun HETKni yoki boshqa litsenziyaga ega pudratchini mustaqil tanlaydi.

Loyiha va qurilmalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddati:

  • kuchlanishi 1 kVgacha va 6–10 kV bo‘lganda — 3 ish kuni;
  • kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lganda — 5 ish kuni.

To‘lovlar

Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun:

  • Davlat xizmatlari markazi orqali — BHMning 10 foizi;
  • YaIDXP orqali — BHMning 9 foizi;
  • «ELEKTR» onlayn platformasi orqali — bepul.

50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilar tarmoqqa ulash ishlari uchun belgilangan tabaqalashgan bir martalik to‘lovni amalga oshiradi. Uning miqdori ulanadigan quvvat, masofa va boshqa belgilangan mezonlar asosida hisoblanadi.

Ijtimoiy reestrdagi «kambag‘al oila» a’zolari hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yig‘imga 50 foiz, «davlat ta’minotidagi oila» a’zolari uchun 75 foiz chegirma qo‘llaniladi.

Chat