Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4525 marta o'qildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholi fondi (UNFPA) BMT Bosh Assambleyasining yordamchi organi hisoblanadi.

UNFPAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 1993-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Fond va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi munosabatlar hukumat va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) doirasida imzolangan o‘zaro yordam to‘g‘risidagi kelishuv vositasida tartibga solinadi.

UNFPA hozirda O‘zbekistonda 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan beshinchi davlat dasturini amalga oshirmoqda. Ushbu strategik rejaga muvofiq, UNFPA quyidagi masalalarga e’tibor qaratishda davom etadi:

  • reproduktiv salomatlik va huquqlarni mustahkamlash;
  • erkaklar va ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash;
  • aholi dinamikasi va rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlik;
  • o‘smirlar va yoshlar bilan ishlash.
Chat