Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5719 marta o'qildi

  • Davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
  1. davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga tanlovlar asosida tayinlash mexanizmlarini joriy qilish orqali xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish;
  2. jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal qilishda va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan qarorlarni qabul qilish hamda ularni amalga oshirishda xotin-qizlarning ishtirokini kuchaytirish;
  3. xotin-qizlarning xalqaro miqyosda davlat hamda o‘zi faoliyat yuritayotgan davlat organi va tashkiloti nomidan vakil bo‘lish hamda xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish;
  4. rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar tomonidan aholini tashvishga solayotgan muammolarni bevosita hududga chiqib hal qilish amaliyotini kengaytirish;
  5. mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni tayinlash amaliyotini kengaytirish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ishlarda ularning faolligini oshirish;
  6. ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida davlat organlari va tashkilotlarida lavozimda ko‘tarilish masalalari bo‘yicha teng imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan gender tenglikni ta’minlash mezonlarini ishlab chiqish;
  7. davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilgan xotin-qizlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malakasini oshirish bo‘yicha tizimli tadbirlarni belgilash;
  8. normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
  9. davlat organlari va tashkilotlarida tegishli lavozimlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbati to‘g‘risida ma’lumotlar yuritish;
  10. kompleks gender yondashuv asosida davlat organlari hamda tashkilotlarida gender auditlarni o‘tkazishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, uning tartib-tamoyillarini ishlab chiqish.
Chat