Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 22156 marta o'qildi

2011-yil 11-avgustdan boshlab shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari tashkil etildi.

Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlarini asosiy vazifalari
  • ko‘chalarda va boshqa joylarda qarovsiz qolgan, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni tutishni tashkil qiladilar, shuningdek ularni vaqtincha saqlash uchun maxsus joylar barpo etadilar;
  • odamlar va hayvonlarga jarohat etkazgan yoxud nojo‘ya harakat qilinmaganda ularga hujum qilgan hayvonlarni keyinchalik karantin qilish uchun veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlariga olib keladilar;
  • hayvonlar quturgan taqdirda tegishli veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari bilan birgalikda ish olib borilishini tashkil etadilar, shuningdek o‘lgan hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etgan holda zararsizlantiradilar.

  • Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlarini, tashkil etilgan shahar va tuman ruyxati.

Shaharlar va boshqa aholi punktlarida it va mushuk boqishning qoidalarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish choralarini ko‘rmaganlik - jarima solishga sabab bo‘ladi.

Chat