Nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda tashkil etiladigan, foyda olishni asosiy maqsad qilib olmaydigan va olingan daromadni o‘z a’zolari yoki qatnashchilari o‘rtasida taqsimlamaydigan yuridik shaxsdir.
NNT fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy, xayriya va boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tashkil etilishi mumkin.
Agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, 18 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxslar NNTning muassisi, qatnashchisi yoki a’zosi bo‘lishi mumkin.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham, qonun yoki xalqaro shartnomada belgilangan istisnolardan tashqari, O‘zbekiston fuqarolari bilan teng asoslarda NNT muassisi, qatnashchisi yoki a’zosi bo‘lishi mumkin.
NNT uning muassislari yoki a’zolari qarori asosida tashkil etiladi.
Tashabbuskorlar yoki muassislar ta’sis s’ezdi, konferentsiya yoki umumiy yig‘ilish o‘tkazib:
NNTlarning uyushmalari yoki ittifoqlari kamida 2 ta NNT tashabbusi bilan tuzilishi mumkin.
Ta’sis yig‘ilishini o‘tkazishning o‘zi NNTga yuridik shaxs maqomini bermaydi.
NNT davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.