Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi hamda ular faoliyatini qonunchilikda belgilangan shakllarda qo‘llab-quvvatlaydi.
NNT faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy shakllari:
Qonunchilikda NNTlarni boshqa shakllarda qo‘llab-quvvatlash ham nazarda tutilishi mumkin.
Davlat subsidiyasi — sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni amalga oshirayotgan fuqarolik jamiyati institutlariga byudjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan beriladigan, aniq bir loyihaga bog‘lanmagan moliyaviy yoki boshqa moddiy ko‘mak.
Subsidiyadan tashkilotning ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni bajarish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ijtimoiy foydali maqsadlarga erishish uchun foydalaniladi.
Davlat granti — ijtimoiy foydali maqsadlarga qaratilgan muayyan loyihani amalga oshirish uchun fuqarolik jamiyati institutlariga tanlov asosida beriladigan pul mablag‘lari va moddiy resurslar.
Davlat grantlari Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi va uning alohida bo‘linmalari orqali ajratiladi.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi — sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun ishlar bajarish yoki tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha davlat topshirig‘idir.
Bunday buyurtmalar Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi va uning alohida bo‘linmalari orqali yoki bevosita davlat organlari tomonidan berilishi mumkin.