Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7662 marta o'qildi

Pochta aloqasi sohasidagi qonun xujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Aloqa axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Asosiy tushunchalar

adresat — o‘ziga pochta yoki kurьerlik jo‘natmasi jo‘natilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;

yozma xat-xabarlar — oddiy va ro‘yxatga olinadigan xatlar, pochta varaqchalari, banderollar, mayda paketlar, ko‘zi ojizlar uchun jo‘natmalar va «M» qoplari;

kurьerlik jo‘natmalari — jo‘natilishi pochta kurьeri orqali amalga oshiriladigan, hujjatlar va (yoki) tovar joylanmasi mavjud bo‘lgan jo‘natmalar;

posilka — belgilangan o‘lchamdagi, og‘irlikdagi va o‘rovdagi tovar joylanmasi mavjud bo‘lgan, ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmasi;

pochta aloqasi — pochta aloqasi vositalari va ob’ektlarining yagona ishlab chiqarish-texnologiya majmuidan iborat bo‘lgan, pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlaydigan aloqa turi va boshqalar;

  • Pochta aloqasi xizmatlari pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan pochta, kurьerlik xizmatlari hamda boshqa turdagi pochta xizmatlari tarzida shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
  • Pochta xizmatlari jumlasiga pochta jo‘natmalarini jo‘natish, shu jumladan tezlashtirilgan pochta rejimida jo‘natish kiradi.

Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan quyidagi turdagi pochta xizmatlari ham ko‘rsatilishi mumkin
  • pochta jo‘natmalarini qo‘shimcha jo‘natish va qaytarish;
  • yozma xat-xabarlar va posilkalarni o‘rash;
  • pochta jo‘natmalariga ilova qilinadigan manzil blanklarini, joylanma ro‘yxatlarni, pul mablag‘lari pochta o‘tkazmalarining blankalarini va boshqa blankalarni to‘ldirish;
  • manzillarni va yozma xabarlarni yozish;
  • pochta aloqasi xizmatlarini uyda ko‘rsatish;
  • telegraf xabarlarni va boshqa xabarlarni amalga oshirish;
  • va boshqalar.

Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida quyidagilar bo‘lishi kerak
  • foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga doir talablar;
  • pochta aloqasi operatorlarining nomli buyumlaridan (shtamplar, shtempellar, muhrlardan) foydalanish tartibi;
  • pochta va kurьerlik jo‘natmalarini rasmiylashtirish standartlari;
  • pochta va kurьerlik jo‘natmalarining turlari hamda ularning texnik tavsiflari (cheklangan o‘lchamlari, og‘irligi, ularni o‘rash va boshqalar);
  • pochta va kurьerlik jo‘natmalarini jo‘natish tartibi;
  • pochta va kurьerlik jo‘natmalarini saqlash muddatlari;
  • pochta va kurьerlik jo‘natmalarini qo‘shimcha jo‘natish hamda qaytarish shartlari;
  • pochta aloqasi tarmog‘i orqali jo‘natilishi taqiqlangan hamda cheklangan predmetlar va moddalar ro‘yxati;
  • pochta va kurьerlik jo‘natmalarini ushlab turish va ko‘zdan kechirish tartibi;
  • foydalanuvchilarning e’tirozlarini ko‘rib chiqish tartibi;
  • va boshqalar

  • Foydalanuvchilarning manziliga oid ma’lumotlar, pochta va kurьerlik jo‘natmalari hamda ularning tarkibi to‘g‘risidagi axborot, pochta aloqasi operatorlari hamda provayderlarining faoliyati sohasiga kiradigan boshqa xabarlar, shuningdek ushbu pochta va kurьerlik jo‘natmalarining o‘zi pochta aloqasining sirini tashkil etadi.
  • Yozishmalar siri davlat tomonidan kafolatlanadi.
  • Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta aloqasi siriga rioya etilishini kafolatlaydi. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining barcha xodimlari pochta aloqasi sirini saqlashi shart.

Pochta aloqasining xavfsizligi pochta aloqasi sirini himoya qilishga, pochta va kurьerlik jo‘natmalarining, pochta aloqasi vositalarining but saqlanishini ta’minlashga qaratilgan, qonunchilikda belgilangan tadbirlar majmuidan iboratdir. Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatishda pochta aloqasi operatorlari va provayderlari foydalanuvchilarning hamda pochta aloqasi operatorlari va provayderlari xodimlarining hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash uchun choralar ko‘radi.

•    Pochta aloqasi operatori va provayderi pochta aloqasi tarmog‘i orqali jo‘natilishi taqiqlangan joylanmasi bo‘lgan pochta va kurьerlik jo‘natmalarini ushlab turish huquqiga ega.
•    Pochta aloqasi xizmatlari uchun to‘lov pochta aloqasi operatori va (yoki) provayderi tomonidan belgilanadigan tariflar bo‘yicha shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari quyidagi huquqlarga ega
  • pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish;
  • qonunchilikka muvofiq autsorsing asosida bank xizmatlarini ko‘rsatish va operatsiyalarini bajarish, elektron tijoratga, shu jumladan tovarlarni saqlash hamda etkazib berishga doir faoliyatni amalga oshirish;
  • o‘z faoliyatida timsoldan foydalanish.

Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari
  • pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni pochta aloqasi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirishi;
  • barcha foydalanuvchilarning pochta aloqasi xizmatlaridan foydalana olishini ta’minlashi;
  • ko‘rsatilayotgan pochta aloqasi xizmatlarining sifatini ta’minlashi;
  • pochta aloqasining xavfsizligini ta’minlashi;
  • Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan talablar foydalanuvchi tomonidan buzilgan taqdirda, pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘yishi shart;
  • va boshqalar

Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega
  • O‘zbekiston Respublikasining butun hududida universal pochta xizmatlaridan foydalanish;
  • o‘z huquq va majburiyatlari, Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalari, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va ushbu xizmatlarga doir tariflar haqidagi axborotdan foydalana olish;
  • pochta va kurьerlik jo‘natmalarini o‘zining pochta manzili bo‘yicha, yo‘qlab olish tarzida yoki pochtomatdan olish;
  • o‘zining pochta manziliga kelib tushgan pochta yoki kurьerlik jo‘natmalaridan voz kechish;
  • qiymati e’lon qilingan jo‘natma joylanmasining bahosi summasini joylanmaning haqiqiy qiymatiga muvofiq mustaqil ravishda aniqlash;
  • va boshqalar

Foydalanuvchilar
  • Qonun hamda Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalari talablariga rioya etishi;
  • o‘ziga ko‘rsatilgan pochta aloqasi xizmatlari uchun haq to‘lashi;
  • taqiqlangan moddalar va predmetlar jo‘natilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
  • pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining ish sifatini pasaytirishga qaratilgan harakatlarni qo‘llamasligi shart.

Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoxud lozim darajada bajarmaganlik uchun foydalanuvchilarga etkazilgan zararlarning o‘rnini qonunchilikka muvofiq qoplaydi.

E’tirozlarni taqdim etish tartibi va muddatlari

Chat