Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11721 marta o'qildi

NNT qanday tugatiladi?

Nodavlat notijorat tashkiloti:

  • ixtiyoriy ravishda — uning ta’sis hujjatlariga muvofiq vakolat berilgan yuqori organi qarori bilan;
  • majburiy ravishda — sud qarori asosida tugatiladi.

Jamoat fondini ixtiyoriy tugatishda alohida qoida amal qiladi: u manfaatdor shaxsning arizasi asosida sud qarori bilan amalga oshiriladi.

Tugatish to‘g‘risidagi qarorda nimalar ko‘rsatiladi?

Qarorda, jumladan:

  • tugatish komissiyasining tarkibi;
  • NNTning mavjud alohida bo‘linmalari;
  • tugatishning mo‘ljallanayotgan muddati;
  • kreditorlar talablari qondirilgandan keyin qoladigan mol-mulkning taqdiri ko‘rsatilishi kerak. Qolgan mol-mulkdan NNTning ustavda belgilangan asosiy maqsad va vazifalari uchun foydalanish usuli yoki uni xayriya sifatida oluvchilar ham belgilanadi.

Adliya organiga qachon xabar beriladi?

Tugatish komissiyasining tarkibi haqidagi ma’lumotlar va NNT yuqori organining tugatish to‘g‘risidagi qarori 3 ish kuni ichida NNTni ro‘yxatdan o‘tkazgan adliya organiga e-ngo.uz elektron tizimi orqali taqdim etiladi.

Qolgan mol-mulk a’zolar o‘rtasida taqsimlanadimi?

Yo‘q. Kreditorlar talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk NNTning a’zolari, qatnashchilari, rahbar organlari a’zolari yoki xodimlari o‘rtasida taqsimlanmaydi. Undan qonunchilik va ta’sis hujjatlarida belgilangan maqsadlarga muvofiq foydalaniladi.

Eslatma: NNTni tugatish faqat tashkilot faoliyatini to‘xtatish bilan cheklanmaydi. Qonunda belgilangan tugatish tartibi bajarilib, tashkilot tegishli davlat reestridan chiqarilishi lozim.

Chat