Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15270 marta o'qildi

Avtomototransport vositalarini va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazishning ilgari o‘rnatilgan muddatlaridan qat’i nazar, ular Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi (birinchi marta ro‘yxatga olinayotgan yangi transport vositalari bundan mustasno) va belgilangan miqdorda to‘lov undiriladi.

2022-yil 1 sentyabrdan boshlab:

a) ishlab chiqarilganiga o‘n yilgacha bo‘lgan jismoniy shaxslarga tegishli engil avtomototransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi;

b) engil avtomototransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishning quyidagi muddatlari belgilanadi:

  • ishlab chiqarilganiga o‘n bir yildan o‘n to‘rt yilgacha bo‘lgan engil avtomototransport vositalari – ikki yilda bir marta;
  • ishlab chiqarilganiga o‘n besh yil va undan ortiq bo‘lgan engil avtomototransport vositalari – bir yilda bir marta.

Bunda mazkur muddatlar tijorat asosida yo‘lovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan engil avtomototransport vositalari uchun tatbiq etilmaydi.


Chat