Yo‘qolgan milliy haydovchilik guvohnomasi o‘rniga yangi guvohnoma olish uchun:
Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi yo‘qolgan bo‘lsa, odatda faqat elektron so‘rovnoma to‘ldiriladi. Eski namunadagi guvohnoma yoki uning talonining nusxasi mavjud bo‘lsa, so‘rovnomaga ilova qilinadi.
Ariza beruvchining transport vositasini boshqarish huquqi mavjudligi va ushbu huquqdan mahrum etilmaganligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining axborot tizimi orqali tekshiriladi.
Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasi o‘rniga yangi guvohnoma berish uchun nazariy va amaliy imtihonlar topshirilmaydi.
Agar yo‘qolgan guvohnoma haqidagi ma’lumot axborot tizimida aniqlanmasa, ariza beruvchi Yo‘l harakati xavfsizligi organiga umumiy tartibda murojaat qiladi.
Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasi o‘rniga yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
So‘rovnoma vakolatli organga kelib tushganidan keyin 2 ish soati davomida ko‘rib chiqiladi. Ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, guvohnoma nashrga yuboriladi va tayyor bo‘lgani haqida ariza beruvchiga elektron xabar beriladi.
Guvohnoma uchun ID-karta yoki biometrik pasportdagi raqamli suratdan foydalanish mumkin. Ariza beruvchi xohlasa, Davlat xizmatlari markazi yoki Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasida suratga tushadi.
Tayyor guvohnomani:
Pochta orqali etkazib berish Toshkent shahri va viloyat markazlarida 1 ish kuni, boshqa hududlarda 2 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Quyidagi holatlarda xizmat ko‘rsatish rad etiladi:
Ariza beruvchi rad etilgan kundan boshlab 30 ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etib, qo‘shimcha yig‘im to‘lamasdan qayta murojaat qilishi mumkin.