Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16366 marta o'qildi

Davlat reestri nima uchun kerak?

Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat reestri davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan NNTlar haqidagi asosiy ma’lumotlarni hisobga olish uchun yuritiladi. Reestr NNT davlat ro‘yxatidan o‘tgani, uning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat sohasi kabi ma’lumotlarni aniqlash imkonini beradi.

Reestrda qanday ma’lumotlar bo‘ladi?

Davlat reestrida, jumladan:

  • reestrdagi tartib raqami;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana;
  • NNTning nomi;
  • tashkiliy-huquqiy shakli;
  • faoliyat hududi;
  • asosiy maqsad va vazifalari;
  • faoliyat sohasi;
  • muassislar haqidagi ma’lumotlar;
  • rahbar organning nomi, manzili va telefon raqami;
  • qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana;
  • Reestrdan chiqarilgan sana va chiqarish asosi ko‘rsatiladi.

Alohida bo‘linmalar ham reestrga kiritiladimi?

NNTning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan vakolatxona va filiallari uchun alohida davlat reestri yuritiladi.

Xalqaro va xorijiy NNTlarning vakolatxonalari va filiallari haqidagi ma’lumotlar esa NNTlarning umumiy davlat reestriga kiritilmaydi va ular uchun alohida hisob yuritiladi.

Chat