Kasanachi bilan tuzilgan shartnoma elektron portalda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va rasmiylashtirilganiga kamida uch oy bo‘lgan bo‘lishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik sub’ektiga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi faoliyati uchun bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.
Bu subsidiya tadbirkorning kasanachiga dastlabki uch oyda to‘lagan daromadi to‘g‘risidagi tasdiqlangan ma’lumot asosida hisoblanadi.
Tadbirkor kasanachilikni tashkil etgandan keyin:
Murojaatda tadbirkorning bank hisobvarag‘i va manzili, kasanachining F.I.O. ko‘rsatiladi.
Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hokim yordamchisi murojaatni uch ish kunida skoring tizimiga yuboradi.
Ijobiy skoring natijasi olinganda hujjatlar «mahalla ettiligi» tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganiladi va kollegial qaror qabul qilinadi.
Kasanachining daromadi soliq organi ma’lumotlari yoki «Yagona milliy mehnat tizimi» orqali tekshiriladi. Ijobiy qarordan keyin Jamg‘arma subsidiyani tadbirkorning bank hisobvarag‘iga besh ish kunida o‘tkazadi.
Subsidiya:
Eski materialdagi asbob-uskuna xarajatlarining 50 foizini, biroq BHMning 15 baravarigacha qoplash qoidasi ushbu subsidiyaning amaldagi tartibi sifatida qo‘llanilmaydi.
O‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan ishsiz fuqaroni yoki Ijtimoiy reestrga kiritilgan oila a’zosini kasanachi sifatida ishga olgan tadbirkorga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun har bir kasanachi hisobidan: