Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 14611 marta o'qildi

Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati  rivojlantiriladi

Kimlar malaka oshiradi?

Tartib paralimpiya sport turlari bo‘yicha rahbar kadrlar, trenerlar, yo‘riqchi-uslubchilar va boshqa mutaxassislarga, shuningdek inklyuziv ta’lim, karlar sporti, ko‘zi ojizlar sporti va boshqa moslashtirilgan sport yo‘nalishlari uchun mutaxassislarni tayyorlashga tatbiq etiladi.

Malaka qancha vaqtda oshiriladi?

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar 4 yilda kamida bir marta malaka oshirishi shart.

Qayta tayyorlash:

  • pedagogik qayta tayyorlash;
  • kasbiy qayta tayyorlash;
  • maxsus o‘quv kurslarida o‘qitish shakllarida amalga oshiriladi.

Ushbu sohadagi qayta tayyorlash va malaka oshirish ishlari O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi huzuridagi tegishli institut tomonidan amalga oshiriladi.

 

Chat