Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7507 marta o'qildi

Navoiy viloyatida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan maktabdan tashqari davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblangan Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilindi. 

Quyidagilar Xalqaro shaxmat maktabining asosiy vazifalari:
  • zarur shaxmat anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnik hamda o‘quv-mashg‘ulot bazalarini yaratish va turli darajadagi xalqaro va mintaqaviy musobaqalar — Shaxmat olimpiadasi va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, universiadalar hamda boshqa musobaqalarda O‘zbekistonning sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan xalqaro darajadagi shaxmatchilarni tayyorlash;
  • xalqaro darajadagi shaxmatchilarni tayyorlash uchun shaxmat bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis-trenerlar, psixologlar va uslubchilarni, shu jumladan jahonning mashhur xalqaro grossmeysterlarini keng jalb etish orqali trenerlar tarkibini mustahkamlash;
  • shaxmatchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, o‘quv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan shaxmatchilarni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish; va boshqalar

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamda Sportni rivojlantirish vazirligining har yili o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirining final bosqichini 2023-yildan boshlab Xalqaro shaxmat maktabida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

2023-yildan har yili tizimli ravishda quyidagi musobaqalar o‘tkaziladi:
  • yoshlar o‘rtasida barcha hududlarda “Rokirovka” turniri;
  • keksa avlod vakillari o‘rtasida “Nuroniylar” kubogi uchun;
  • nogironligi bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida “Cheksiz imkon” turniri;
  • 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan, 50 ming AQSh dollari miqdorida mukofot fondiga ega “Women’s Chess Championship” xalqaro turniri;
  • MDH, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar shaxmatchilari o‘rtasida an’anaviy “Uzbekistan Chess Open” xalqaro turniri.
 

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va boshqa boshqarmalarga quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi:

  • har yili Xalqaro shaxmat maktabida jahonning mashhur xalqaro grossmeysterlari ishtirokida yosh shaxmatchilar uchun trening va mahorat darslarini o‘z ichiga olgan mavsumiy oromgohlar tashkil etish;
  • «To‘dako‘l» brendini ishlab chiqish va targ‘ib qilish orqali Xalqaro shaxmat maktabi faoliyatini ommalashtirish choralarini ko‘rsin.

Shaxmatchilari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlarining miqdorlari.

Chat

Ҳуқуқий ёрдам керакми?

Ҳуқуқий маслаҳат керакми бизга ёзинг!