Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yig‘im — mayning yoki kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun har oy to‘lanadigan majburiy to‘lov.
O‘zbekiston hududida quyidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar yig‘im to‘laydi:
Xizmatlar provayderlari faoliyati Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan berilgan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Yig‘im miqdori to‘lov amalga oshirilayotgan sanada amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan belgilanadi:
Bazaviy hisoblash miqdori — soliqlar, yig‘imlar, davlat bojlari, jarimalar va boshqa to‘lovlarni hisoblashda qo‘llaniladigan belgilangan miqdor.
Yig‘im litsenziya yoki mayningni amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olingan paytdan boshlab har oy hisoblanadi.
Agar litsenziya yoki ruxsatnoma:
Yig‘im har oy uchun oldindan, qoida tariqasida, shu oyning 10-sanasiga qadar Istiqbolli loyihalar milliy agentligining g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Agar litsenziya oyning 20-sanasiga qadar olingan bo‘lsa, birinchi yig‘im shu oyning oxirgi sanasiga qadar to‘lanadi.
Yig‘imlarning:
yo‘naltiriladi.
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat belgilangan tartibda to‘xtatib turilsa yoki tugatilsa, yig‘imni hisoblash keyingi oyning birinchi sanasidan to‘xtatiladi.
Faoliyat qayta tiklangan taqdirda yig‘im qonunchilikda belgilangan tartibda yana hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etiladigan «Besqala Mining Valley» maxsus mayning zonasi rezidentlari 2035-yil 1 yanvarga qadar mazkur yig‘imlarni to‘lashdan ozod qilingan.
Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun yuridik shaxs maxsus mayning zonasining rezidenti maqomiga ega bo‘lishi kerak.