Kripto-do‘kon — kripto-aktivlarni sotib olish yoki sotish bo‘yicha xizmatlarni elektron platforma va yoki savdo ob’ekti orqali ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.
Kripto-do‘kon O‘zbekistonda faqat Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bergan litsenziya asosida faoliyat yuritishi mumkin.
Operatsiyani amalga oshirishdan oldin xizmat ko‘rsatuvchining litsenziyasi Agentlikning elektron reestri orqali tekshirilishi lozim.
Kripto-do‘kon mijoz bilan shartnoma tuzishdan oldin uni majburiy identifikatsiyadan o‘tkazadi.
Mijoz:
Kripto-do‘kon 18 yoshga to‘lmagan shaxs bilan shartnoma tuzmaydi.
Majburiy identifikatsiya — operatsiyani amalga oshirayotgan shaxsning kimligini hujjatlar va boshqa ma’lumotlar orqali aniqlash jarayoni.
Kripto-do‘kon orqali operatsiya qilish uchun mijoz bilan shartnoma tuziladi.
Savdo ob’ektida shartnoma yozma shaklda ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Elektron platformada esa shartnoma elektron oferta va uni qabul qilish orqali tuzilishi mumkin.
Shartnoma tuzilishidan oldin mijozga:
Kripto-do‘konning elektron platformasi orqali:
Elektron platformada har bir mijoz uchun faqat bitta shaxsiy kabinet ochiladi.
Kripto-do‘konning savdo ob’ekti orqali:
Operatsiya amalga oshirilganidan keyin kripto-do‘kon mijozga uni tasdiqlovchi ma’lumotnoma yoki elektron hujjat taqdim etadi.
Kripto-do‘konda:
Kripto-aktivlardan O‘zbekiston hududida tovar, ish yoki xizmat uchun to‘lov vositasi sifatida foydalanish taqiqlangan.
Kripto-do‘kon mijozning pul mablag‘lari yoki kripto-aktivlarini doimiy saqlashga, shuningdek mijoz nomidan uning hisobidan mustaqil savdo qilishga haqli emas.
Kripto-do‘kon operatsiya bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi va amalga oshirilgan operatsiyalar hisobini yuritishi shart.
Operatsiyadan oldin:
Kripto-aktiv narxining oshishi yoki pasayishi kafolatlanmaydi. Uni tanlash va moliyaviy tavakkalchilik mijozning o‘ziga tegishli.
Avvalo kripto-do‘konga yozma yoki elektron murojaat yuborish lozim.
Mijoz o‘z operatsiyalari haqidagi hisobotni so‘rash huquqiga ega. Kripto-do‘kon tegishli ma’lumotni so‘rov olingan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak.
Nizo kelishuv orqali hal qilinmasa, Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga yoki sudga murojaat qilish mumkin.
Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalari
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlarining elektron reestri