Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4068 marta o'qildi

Boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablari tashkil etiladi. 

Boks maktablari faoliyati iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish va ularni asosan milliy terma jamoalarga tayyorlashga yo‘naltiriladi.

O‘qish 7-sinfdan tashkil etiladi, ta’lim olish muddati 5 yil etib belgilanadi.

Qaror bilan Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi hamda uning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2025-yilgacha quyidaligilarni amalga oshirish belgilangan: 

  • sport ta’lim muassasalaridagi boks bilan muntazam shug‘ullanadigan o‘quvchilar sonini 27 minggacha etkazish;
  • kelgusi 5 yil ichida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 7 ta boks zallarini tashkil etish;
  • boks bo‘yicha terma jamoalarning 46 ga yaqin xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini ta’minlash.

Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi.

Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi».

Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari.

Chat