Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9877 marta o'qildi

Kontseptsiyaning maqsadi nima?

«Tabarruk ziyorat» turizm kontseptsiyasi Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tarixiy va ziyoratgoh ob’ektlariga sayohatlarni kengaytirish hamda umumiy turistik yo‘nalishlarni targ‘ib qilishga qaratilgan.

Kontseptsiya doirasida O‘zbekistonning ziyorat, madaniy va tarixiy turizm salohiyatini targ‘ib qilish, yangi turistik yo‘nalishlar yaratish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish nazarda tutilgan.

Qanday xalqaro tadbirlar o‘tkaziladi?

2023-yildan har ikki yilda bir marta, jumladan:

  • may oyining uchinchi o‘n kunligida Marg‘ilon shahrida ipak matolariga bag‘ishlangan xalqaro forum;
  • iyunь oyining birinchi o‘n kunligida lavanda festivali;
  • iyulь oyida turkiy tilli yoshlar ishtirokida xalqaro festivalь;
  • avgust oyining uchinchi haftasida «Tabarruk ziyorat» xalqaro media-turi va B2B uchrashuvlari o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Kontseptsiya doirasida yana qanday ishlar amalga oshiriladi?

Turkiy davlatlar o‘rtasida turizm sohasi mutaxassislarining tajriba almashishi, ziyorat va madaniy meros ob’ektlarini targ‘ib qilish, turistik filьm va axborot materiallarini namoyish etish hamda yangi qo‘shma turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Normativ hujjatlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 29.07.2022-yildagi PQ-338-son.
Chat