Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4124 marta o'qildi

Sovuq suv hisoblagichini o‘rnatish uchun vakolatli organga murojaat qilishim kerak, buni uyimdan chiqmasdan amalga oshira olamanmi, ya’ni onlayn rejimda?

Albatta buni uyingizdan chiqmasdan turib amalga oshirsangiz bo‘ladi. Buning uchun ariza beruvchi YaIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

Suv ta’minoti korxonasi 5 ish kun mobaynida talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasini echib olishi va/yoki o‘rnatib berishi va tamg‘alashi kerak. Hamda dalolatnomaning bir nusxasini talabgorda qoldirishi kerak. Xizmat bepul.

O‘tgan oy gaz uchun bir necha oy oldindan to‘laganman, telefonimdan qarz va oldindan to‘lovlar haqida qanday ma’lumot olsam bo‘ladi?

Gaz ta’minoti bo‘yicha qarzdorlikni yoki oldindan to‘lovni hisoblash uchun YaIDXPdan ro‘yxatdan o‘tib yuqoridagi mazmunda so‘rov yuborsangiz kifoya. Xizmat narxi bepul, sizdan ushbu xizmatni ko‘rsatish uchun xech qanday xujjat talab etilmaydi va xizmat avtomatik muddatda amalga oshiriladi.

Men elektron raqamli imzo olmoqchiman, buni qanday qilishim mumkin?

Ariza beruvchi YaIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi.
Tegishli maydonga shaxsiy telefon raqami kiritiladi va arifmetik amal bajariladi.
Tegishli hudud va tuman tanlanadi. Shaxsiy telefon raqamiga kelgan tasdiqlash kodi kiritiladi.
Hujjatlar ilova qilinadi hamda ERI kaliti paroli o‘ylab topiladi. So‘rov bilan tanishiladi va imzolanadi.
Xizmat uchun BHM 7% miqdorida (21.000 so‘m) to‘lov amalga oshiriladi.
*ERI kalitidan foydalanish uchun shaxsiy kompьyuterga “E-imzo” dasturi o‘rnatilishi zarur.

Biz kvartirani ijaraga oldik, endi qanday qilib ijara shartnomasini soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishimiz mumkin?

Ariza beruvchi YaIDXPda avtorizatsiyadan o‘tadi va ijaraga beruvchi sifatida ma’lumotlarni to‘ldiradi.

Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijara shartnomasi loyihasi uchun identifikatsiya kodini beradi yoki ijaraga oluvchining o‘zi "Ariza (loyihani) tekshirish" orqali kodni olishi mumkin.

Ijaraga oluvchi shartnoma loyihasini identifikatsiya kodi yordamida tasdiqlash orqali arizani davom ettiradi va arizani jo‘natadi.

Ijara shartnomasi avtomatik ravishda tuziladi va ro‘yxatdan o‘tgan shartnomani yuklab olish imkoniyati yaratiladi.

Xizmat narxi mutlaqo bepul, xizmat ko‘rsatish muddati bir zumda.

Ixtirolarga patent berish bo‘yicha qaysi organ vakolatli hisoblanadi va buning uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?

Ixtirolarga patent berish bo‘yicha Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi vakolatli hisoblanadi. 

Kerakli bo‘ladigan xujjatlar:

  • ixtiro muallif(lar)i va nomiga patent berilishi so‘ralayotgan shaxs, shuningdek ularning yashash yoki turar joyi ko‘rsatilib, patent berilishi so‘ralgan ariza;
  • ixtironing uni amalga oshirish uchun etarli bo‘lgan darajada to‘liq bayon etilgan tavsifi;
  • ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan ixtiro formulasi;
  • ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallar;
  • referat;
  • talabnomaga belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj to‘lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asos bo‘luvchi hujjat ilova qilinadi.

Chat