Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7346 marta o'qildi

Voyaga etmaganlar va yosh bolalar ma’lumot olishida qanday cheklovlar mavjud?

Avvalo, har bir bola o‘zining sog‘lig‘i, axloqiy va ma’naviy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan axborotni olish huquqiga ega.
Har bir bola har qanday axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega, qonunda nazarda tutilgan cheklashlar bundan mustasno.
Cheklovlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filьmlarni namoyish etish taqiqlanadi.

Ijtimoiy himoyaga muxtoj bolalar sirasiga asosan kimlar kiradi?

Avvalo ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar — yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan, davlat va jamiyat tomonidan alohida himoya qilishga hamda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bolalar, shu jumladan:

  • nogironligi bo‘lgan bolalar;
  • jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar;
  • etim bolalar;
  • ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
  • ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar;
  • muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan bolalar;
  • kam ta’minlangan oilalardagi bolalar;
  • jinoiy javobgarlikka tortilgan va jazoni ijro etish muassasalarida turgan bolalar;
  • zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, qurolli mojarolar va tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan bolalar;

Mening 11 yoshar bolam o‘g‘rilik jinoyati sodir etilayotganligini ko‘rib qolgan, hozirda xuquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan guvoh tariqasida so‘roq qilishmoqchi, bunday holatlarda voyaga etmaganlarning qanday xuquqlari bor?

Davlat sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida bolalarning qonunchilikda belgilangan barcha protsessual huquqlariga rioya etilishi hamda bu huquqlar kafolatlarining ta’minlanishi bo‘yicha choralar ko‘radi.
Bolaga har qanday ruhiy yoki jismoniy ta’sir o‘tkazish, uni ko‘rsatmalar berishga yoki aybini tan olishga majburlash taqiqlanadi.
Sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi jarayonida bolalarga nisbatan ular qonuniy vakillarining ishtirokisiz amalga oshiriladigan protsessual harakatlarni bajarish taqiqlanadi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda voyaga etmagan shaxsga nisbatan protsessual harakatlar uning katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki ushbu shaxsning boshqa qonuniy vakili ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Voyaga etmagan shaxsning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida himoyachining ishtirok etishi shart. Bolaning va uning qonuniy vakillarining himoyachidan voz kechishi haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Qonunchilikda jinoyat protsessining ishtirokchilari bo‘lgan bolalar uchun boshqa kafolatlar ham nazarda tutilishi mumkin.

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga nisbatan davlat tomonidan qanday kafolatlar bor?

Etim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga, o‘rta maxsus, ta’lim muassasalariga tarbiyaga berilgan kundan e’tiboran to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi.
To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan etim bolalarga va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ta’lim berish, ularni uy-joy, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash, ular ta’lim muassasalarini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari sotib olish uchun nafaqa to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat tomonidan qanday chora tadbirlar ko‘riladi?

Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  1. bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
  2. bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish;
  3. bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  4. bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;
  5. bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash;
  6. bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;
  7. Oldingi tahrirga qarang.
  8. bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash;
  9. (4-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21 apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
  10. bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish bo‘yicha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlash;
  11. bolalarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish;
  12. bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
  13. bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bag‘rikenglik va tinchliksevarlik tuyg‘ularini tarbiyalash;
  14. bolani O‘zbekiston xalqining tarixiy va milliy an’analari, ma’naviy qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish;
  15. bolaning shaxsini, uning ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorligini rivojlantirish;
  16. bolalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
  17. bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish;
  18. bola huquqlarini ta’minlash maqsadida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik qilish;
  19. bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
  20. bolalarning ijtimoiy ko‘nikmasiga, voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga ko‘maklashish.

Chat