Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5506 marta o'qildi

Korruptsiyaga qarshi kurashish va korruptsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish va korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.07.2021-yildagi PF-6257-son Farmoni qabul qilindi.

Keng jamoatchilikning fikri va takliflarini inobatga olib, davlat boshqaruvini korruptsiyadan xoli sohaga aylantirish maqsadida Agentlik tomonidan «Korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reestri» (Reestr) yuritilishi ta’minlandi.

Reestrga korruptsiya jinoyatlarini sodir etgan shaxslar kiritiladi.

Reestrga kiritilgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
  • davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi;
  • saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodlarining ko‘rsatilishi;
  • davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a’zosi bo‘lish;
  • ular tomonidan ta’sis etilgan va (yoki) ular ishtirokchisi hisoblangan tadbirkorlik sub’ektlari davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashish, shuningdek, davlat aktivlarini xususiylashtirish bilan bog‘liq tender va tanlov savdolarida ishtirok etish;
  • davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar hamda davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish.

2022-yil 1 yanvardan boshlab, davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga etmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etildi.

Quyidagilarga muvofiq tartib o‘rnatildi:
  • davlat xizmatchisi tomonidan deklaratsiyani taqdim etishdan bosh tortish va qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish uni davlat xizmatidan chetlashtirishga va qonunda belgilangan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi;
  • 2022-yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilariga respublika hududidan tashqarida hisobraqamlar ochish va egalik qilish, naqd pul mablag‘larini saqlash, ko‘chmas va boshqa mol-mulkka ega bo‘lish taqiqlanadi (xorijda ishlayotgan davlat xizmatchilari va davlat xizmatiga kirishdan oldin olingan mol-mulk bundan mustasno).

Chat